×

Buyuk Britaniya: PhD uchun qisman grant; yillik 15,009 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1222 marta

Angliyaning Sussex University PhD bosqichi uchun Are pesticides contributing to songbird declines? (2019) mavzusida tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi “Songbird Survival” va Game & Wildlife Conservation Trust tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi. Grant kimyo va biologiya sohalari bo`yicha PhD bosqichini o`qishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant to`rt yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  1. 4 yilga 4 327 funt-sterling (Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun kontrakt) hajmdagi kontrakt pulini qisman qoplab beriladi.
  2. 4 yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 15 009  funt-sterling stipendiya ajratiladi.
  3. Kerakli laboratoriya jixozlari, o`quv qurollari bilan ta’minlanadi.

Grant dasturi kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun to`lash kerak bo`lgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning taxminan 16,000 funt-sterling qismini chet ellik nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning biologiya yoki kimyo bo`yicha DhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Baholar 2:1/2:2 bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Sasseks universiteti talablariga mos bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod tanlangan kursga mos keladigan soha bo`yicha bakalavr/magistr doplomiga ega bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning biologiya yoki kimyo bo`yicha PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o`zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn 31-maygacha.

O`ishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • PhD kurslari sahifasidan kerakli kursni toping.  Kurs sahifasida kurs haqida batafsil maʼlumot berilgan. Batafsil oʻqib chiqing.
  • PhD degree va shu yerdakirish talablari berilgan.
  • Research topic yozing.
  • Shu yer orqali o`qishga ariza bering. Kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.
  • Ariza to`ldirayotganda “Supervisor suggested by applicant” qismiga Professor Dave Goulson”ni belgilang.
  • “Proposed source of funding” bo`limiga “applying for a Songbird Survival PhD deb yozing.
  • O`qishga qabul bo`yicha savollar yuzasidan lifesciphd@sussex.ac.uk ga murojaat qiling.
  • Grant bo`yicha savollar uchun esa Prof Dave Goulson:  Goulson@sussex.ac.uk bilan bog`laning.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo`lishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.

Nomzodlar grantga  sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: lifesciphd@sussex.ac.uk

Prof Dave Goulson:  D.Goulson@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!