×

Buyuk Britaniya: PhD uchun to`liq grant; yillik 15,009 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1672 marta

Angliyaning Sussex University PhD bosqichi uchun School of Law, Politics and Sociology PhD scholarships (2019) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi School of Law Politics and Sociologyda PhD bosqichini o`qishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant uch yilga beriladi. Grant quyidagi PhD kurslari uchun taalluqli:

Quyidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan bog`liq sohalarda dissertatsiya yoqlashni istagan talabalarga ko`proq imkoniyat beriladi:

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  1. 3 yilga kontrakt pulini to`liq qoplab beriladi.
  2. 3 yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 15 009  funt-sterling stipendiya ajratiladi. Buning uchun nomzod eng yuqori ko`rsatkichni qayd etishi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning yuqorida ko`rsatilgan DhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1/2:2 bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Sasseks universiteti talablariga mos bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi qanday bo`lishi kerakligi tanlangan yo`nalishga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod tanlangan kursga mos keladigan soha bo`yicha bakalavr/magistr doplomiga ega bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqorida qayd etilgan PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o`zi tanlagan kursga ariza berishi kerak (birinchi etap uchun qabul muddati o`tgan. Ikkinchi etap uchun ariza berasiz). Grantga alohida ariza topshirish lozim. Dedlayn 12-maygacha.

O`ishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Grantga ariza berish. Grantga ariza shaklini yuklab olib, to`ldiring va o`qishga bergan arizangiz bilan birga jo`nating.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza. Ariza to`ldirish tartibi yuqorida berilgan.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo`lishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 7.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, tanlangan kursga qarab LSAT/GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar so`ralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga  sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: lpsrec@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!