×

Buyuk Britaniya: PhD uchun toʻliq grant


Grant

MUHLAT

30.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1556 marta

Buyuk Britaniyaning Uels davlati, Suonsi shahrida joylashgan  Swansea University – Suonsi universiteti 2019-2020-oʻquv yili uchun Research Scholarships: Engineering: College of Engineering Centenary PhD Scholarship: New Generation of real-time response models based on Deep Learning dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi College of Science at Swansea Universityning College of Engineeringda Dr Dunhui Xiao rahbarligida PhD bosqichini oʻqishni istaganlar uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Swansea Universityning PhD yoʻnalishlarida oʻqish haqi 2019-2020-oʻquv yiliga 18 400 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodlarga uch-toʻrt yil davomida kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi. Shuningdek, dastur doirasida oʻquv va laboratoriya anjomlari uchun ham mablagʻ berilishi mumkin.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod College of Engineeringning PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grantga hujjat topshirish uchun kamida 2:1/2:2 daraja kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Grant uchun IELTS kamida 6.5 (har bir qismdan kamida 6.0) boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar College of Engineeringda PhD kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa alohida grantga ariza toʻldiriladi. Grantga dedlayn muddati: 2019-yil 30-iyul. Batafsil ma’lumotlar: bu yerda koʻrsatilgan.

Ooʻqishga kirish uchun hujjat topshirish:

  • Dastlab universitet sahifasiga kirib, kurslar roʻyxatidan kerakli kurs tanlanadi.
  • Kurs sahifasining “Overview” boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • “Entry requirements” boʻlimida oʻqishga kirish talablari umumiy koʻrsatilgan.
  • “How do i apply?” boʻlimida qanday qilib ariza topshirish haqida maʼlumot berilgan. Aynan shu boʻlimda chet elliklar uchun kirish talablari haqida ham bilib olish mumkin. Postgraduate Entry Requirements boʻlimida barcha davlatlar uchun qabul qilinadigan diplom va baholar haqida maʼlumot berilgan. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun bakalavr diplomi va baholar kamida 71-76% boʻlishi kerakligi yozilgan.
  • Boʻlimdan “Making an application” yozuvini tanlang va Postgraduate programmesyozuvini bosing. U yerda aynan qaysi amallarni bajarish va qanday hujjatlar joʻnatish bosqichma-bosqich berilgan.
  • Roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda OnTrack tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin. Tizimga kirish uchun lawcabs.ac.uk sahifasiga oʻting va berilgan tartibda ariza toʻldiring.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Grantga ariza topshirish.

Grantga ariza shaklini toʻldirib, Dr Dunhui Xiaoga dunhui.xiao@swansea.ac.uk elektron manziliga yuborish kerak. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni ariza bilan birga dedlaynga qadar joʻnatish lozim.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • 2 betli CV/resume.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • 1 betli Cover letter.
  • 2 ta tavsiyanoma bera oladigan professorlarning kontaktlari.
  • Ingliz tili testi (IELTS kamida 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin. Chunki yashash, tibbiy sugʻurta, turar joy xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlaydi. Shuning uchun talaba moliyaviy jihatdan shu sarflarni toʻlay oladigan boʻlishi kerak.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, kelajakdagi rejalari, ilmiy salohiyati kabi mezonlar asosida saralanadi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: Dr Dunhui Xiao dunhui.xiao@swansea.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!