×

Buyuk Britaniya: PhD uchun toʻliq grant va yillik 15 285 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

17.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1495 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Newcastle University PhD bosqichida o’qishni xohlovchi mahalliy va xorijlik tadqiqotchilardan PhD Studentship in Host-Microbial Interaction grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Faculty of Medical Sciences fakulteti, Biosciences yo’nalishida “Muddatidan oldin tug’ilgan chaqaloqlarda parhez va mikrobiomaning salomatlik va kasalliklarga qanday ta’sir qilishini tushunish” (Understanding how diet and the microbiome influence health and disease in preterm infants) mavzusida tadqiqotlar olib borish uchun ajratiladi. Grant 1 nafar tadqiqotchiga butun PhD kursi (3 yillik) davomida beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchiga uch yil davomida quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  • Oʻqish xarajatlari 100 foiz toʻlab beriladi.
  • Yillik 15 285 funt sterling (taxminan 18 907 AQS dollari) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.
  2. Nomzod universitetning Faculty of Medical Sciences fakulteti, Biosciences yo’nalishidagi PhD kursiga hujjat topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod microbiology, biology, biotechnology yoki shunga yaqin soha boʻyicha 2:1 darajali bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod mos keladigan soha boʻyicha magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzodning soha boʻyicha tadqiqot tajribasiga egaligi maqsadga muvofiq.
  6. Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 6.5, har bir boʻlimdan kamida 5.5).

Dasturga qabul jarayoni:

Oliygohga ariza berish uchun online postgraduate application system portalidan roʻyxatdan oʻtib, onlayn ariza toʻldiriladi. Onlayn ariza quyidagicha toʻldirilishi va kerakli maʻlumotlar joylanishi kerak:

  1. Dastur kodi: 8300F
  2. Yoʻnalish: PhD in the Faculty of Medical Sciences – Biosciences
  3. Kvota kodi: TC012
  4. Cover letter – xatda kvota kodi koʻrsatilishi, nomzodning loyihaga boʻlgan qiziqishi hamda soha boʻyicha olib borgan tadqiqotlari yoritilishi kerak.
  5. CV.
  6. Bakalavr va magistrlik diplomlari.
  7. Diplom ilovalari/baholar.
  8. Ingliz tili sertifikati IELTS 6.5, har bir boʻlimdan kamida 5.5).

Cover letter va CV`ning bir nusxasi christopher.stewart@newcastle.ac.uk manziliga yuborilishi kerak. Batafsil maʻlumot shu yerda.

Grant haqidagi batafsil maʻlumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Bogʻlanish uchun:

E-mail: christopher.stewart@newcastle.ac.uk

Tel: +44 (0) 191 282 8578

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!