Angliyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London Intellectual Property PhD – Herchel Smith Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Intellectual Property (IP) (intellektual mulk huquqi) bo`yicha PhD kursida o`qishni istagan nomzodlarga beriladi. Grant uch yil muddatga ajratilishi moʻljallangan.
Grant quyidagi mavzulardan birida ilmiy tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi:
- IPRs and public international law/private international law
- IPRs and intangible cultural/scientific heritage
- IPRs and human rights
- Doctrine of functionality
- The role of intellectual property law in promoting and regulating art
- Intersection of international trade and intellectual property law (e.g. Patents and Trade in Stem Cells
- Trade Marks and Tobacco Plain Packaging)
- Intellectual property transactions (e.g. Licensing of Broadcasting Rights for Premier League matches)
- Interrelationship of TRIPS with regional and national Law (e.g. TRIPS and the European Patent Convention)
- Philosophy of intellectual property
- Primary and secondary markets in IP
- Art 102 TFEU applied to «double identity» TM cases
- Property rights in persona; enforcement of IP
- Exhaustion and licensing.
Grant kimlar uchun?
Huquq bo`yicha PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Uch yil muddatga o`qish puli to`liq qoplab beriladi.
- Uch yil davomida yillik 16 700 funt-sterling stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlat vakillari ariza bera oladilar.
- Nomzod 2019-yil sentabrda boshlanadigan Intellectual Property (IP) (intellektual mulk huquqi) bo`yicha PhD kursiga o`qishga kirishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. IELTS kamida 6,5-7,0 talab qilinadi.
- Magistr va/yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod Ittellektual mulk huquqi bo`yicha yuqorida ko`rsatilgan mavzulardan birida tadqiqotlar olib borishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning Intellectual Property (IP) (intellektual mulk huquqi) bo`yicha PhD kursiga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Hujjatlar 2019-yil 3-iyunga qadar qabul qilinadi.
O`qish va grantga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval https://www.qmul.ac.uk/law/postgraduate/courses/law/139691.html sahifasida kerakli ma’lumotlar bilan tanishing.
- Apply now Full-time yozuvini bosib ariza to`ldiring.
- Onlayn arizada “Funding” bo`limining “How do you intend to finance your studies at Queen Mary, University of London?” savoliga “I will fund my studies by other means” javobini berish kerak.
- Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.
- Arizani jo`natib bo`lgach, mas’ul Mr Gareth Skehanga skehan@qmul.ac.uk manzili orqali Herchel Smith grantiga nomzod ekanligingiz haqida xat yuborish lozim. Xatingiz olingandan keyingina siz grantga talabgor hisoblanasiz.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda How to apply sahifasidan aniqlang yoki skehan@qmul.ac.uk manziliga murojaat qiling.
Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- Diplom va diplom ilovasi. LLB/LLM diplomi yoki shunga ekvivalent topshiriladi.
- Ingliz tili IELTS 6,5-7,0 so`raladi.
- CV/Resume. Resumeda ish tajribasi ko`rsatilishi lozim.
- Moliyaviy ahvol haqida ma]lumotnoma.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Research proposal va personal statement so`raladi.
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari va yutuqlari, intellektual mulk huquqi bo`yicha kasbiy tajribalari, pesearch proposal uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi hamda moliyaviy yordamga muhtojligiga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar 2019-yil avgust oyigacha eʼlon qilinadi;
Bog`lanish uchun: g.skehan@qmul.ac.uk