×

Buyuk Britaniya: Postdoktorlar uchun 360 000 funt-sterlinggacha grant!


Grant

MUHLAT

04.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1488 marta

Buyuk Britaniyaning The British Academy oliygohi 2020-yilning 20-martidan boshlanadigan Education and Learning in Crises dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant postdoktor bosqichi tadqiqotchilariga 21 oy (salkam ikki yil) muddatga beriladi. Grant ijtimoiy va gumanitar sohalar boʻyicha fanlararo taqdidqotlar olib borayotgan izlanuvchilarni ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant rivojlanayotgan davlatlardan oʻz vatanlarini iqtisodiy rivojlantirishga oid ilmiy ish qilayotgan nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktor tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 21 oygacha har yili 360 000 funt-sterlinggacha stipendiya beriladi.

Grant ehtiyojga qarab nomzodlarning turar joy, yashash xarajatlari va transport sarflarini ham qoplashi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).
  2. Nomzod kuchli va dolzarb research proposal topshirishi lozim.
  3. Nomzod berayotgan loyihasi katta muammolarni hal etishini namoyish qila olishi kerak.
  4. Nomzodning loyihasi ijtimoiy, muhandislik va gumanitar sohalari boʻyicha fanlararo tadqiqot boʻlishi va unda ijrochi sifatida rivojlanayotgan davlat vakillari qatnashishi lozim.
  5. Nomzod The British Academyning 2020-yil 20-martdan boshlanadigan postdoktor kurslariga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  6. Nomzodning tegishli darajadagi PhD/DSc diplomi boʻlishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  8. Nomzod grantning: shu yerda koʻrsatilgan barcha talablariga mos boʻlishi talab qilinadi.
  9. Nomzod moliyaviy yordamga muhtoj boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant The British Academyning 2020-yil 20-martdan boshlanadigan postdoktor kurslarida tadqiqot olib borish uchun beriladi. Shu sababli nomzod akademiyaga ariza berishi kerak. Kurs va grantga bitta ariza topshiriladi. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirishdan avval Scheme Notes bilan batafsil tanishib chiqing.

Ariza toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma:

Ariza toʻldirayotganda barcha (*) bilan belgilangan qatorlar toʻliq yozilishi shart.

Hujjatlar tarkibi:

  • CV/resume. PDF faylda yuklanadi.
  • Research proposal.
  • Loyiha rejasi va dasturi
  • PhD diplomi.
  • Hammualliflar bor boʻlsa, ular haqida ma’lumot.
  • Loyiha ijrochilari haqida ma’lumot.
  • Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Bu masalada maqola oxirida koʻrsatilgan manzilga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi va talablar haqida batafsil ma’lumotlar: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash taqdim etilgan loyihaning dolzarbligi, katta muammolarni hal eta olishi, rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga hissa qoʻsha olishi, taklif etilayotgan ijrochilar, moliyaviy yordamga ehtiyojning mavjudligi kabilar asosida amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayndan keyin tez vaqt ichida elektron pochta orqali joʻnatiladi.

Bogʻlanish uchun: GCRF@thebritishacademy.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!