×

Buyuk Britaniya: Postdoktorlar uchun 42 036 funt-sterlinggacha grant!


Grant

MUHLAT

02.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1207 marta

Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti 2019-yilning kuzida boshlanadigan Postdoctoral Research Fellow (Law) – 80749 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning College of Arts and Law huquqshunoslik sohasi boʻyicha postdoktorlar (doktorlik ishi himoya qilgan/qilayotgan) nomzodlarga beriladi. Grant besh yilga berilishi moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzod Everyday Cyborgs 2.0: Law’s Boundary-work & Alternative Legal Futures mavzusida tadqiqot olib boradi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga besh yil muddatga har yili 30 395 dan 42 036 funt-sterlinggacha pul ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning huquqshunoslik boʻyicha Postdoctoral Research yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod tadqiqotchilik salohiyatiga ega boʻlishi va loyihani koʻrsatilgan vaqtda tamomlay olishi lozim.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan.
  6. Nomzod tanlangan sohaga tegishli (law, political science, philosophy, science and technology) bakalavr/magistr/PhD yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
  7. Nomzod loyihaga tegishli materiallar bilan ishlay olishi zarur.
  8. Nomzod yuqori darajada analitik tahlil qila olishi lozim.
  9. Nomzod mustaqil va guruhda ishlash, kommunikativ qobiliyatlarga ega boʻlishi kerak.

Grant talablari va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning huquqshunoslik boʻyicha Postdoctoral Research kurslarida tadqiqot olib boradigan izlanuvchilarga beriladi. Shuning uchun avval Postdoctoral Research kursiga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 2-iyunga qadar qabul qilinadi.

Kursga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi.

  1. Avval universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
  2. Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
  3. Alohida kurslarning qabul talablari boshqalaridan farq qiladi. Shuning uchun ularni ham batafsil oʻrganib chiqing.
  4. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi oxirida berilgan manzilga murojaat qiling. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.
  5. Grant dasturi mavzusi boʻyicha savollar tugʻilganda Muireann Quigleyga quigley.2@bham.ac.uk elektron pochtasi orqali murojaat qiling.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Personal statement.
  2. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aybqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Cover letter va CV.
  6. Research proposal talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Ariza berish bilan bogʻliq savollarga: shu yerdan javob topish mumkin. Gran haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi;

Murojaat uchun: workhere@contacts.bham.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!