×

Buyuk Britaniya: Postdoktorlar uchun loyiha; maosh – 42 036 funt-sterlinggacha!


Grant

MUHLAT

20.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1397 marta

Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti Research Fellow – 80780 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning School of Computer Scienceda dasturlash boʻyicha ish olib boradigan nomzodlarga beriladi. Grant ikki yilga berilishi moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzod “Topological Hierarchies in Complex Image Data” mavzusidagi loyihada qatnashadi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki yil muddatga 30 395 dan 42 036 funt-sterlinggacha pul ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega (first class) boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  4. Nomzod tanlangan sohaga tegishli (Computer Science, Mathematics, Physics) bakalavr/magistr/PhD yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod loyihalarga koordinatorlik qilishi, loyihaga tegishli materiallar bilan ishlay olishi zarur.
  6. Nomzod yuqori darajada matematik va analitik tahlil qila olishi lozim.
  7. Nomzod dasturlash boʻyicha (Python boʻlgani maqsadga muvofiq) koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
  8. Nomzod mustaqil va guruhda ishlash, kommunikativ qobiliyatlarga ega boʻlishi kerak.

Grant talablari va cheklovlar haqida batafsil: bu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning dasturlash boʻyicha loyihalarda tadqiqot olib boradigan izlanuvchilarga beriladi. Arizalar 2019-yil 20-iyunga qadar qabul qilinadi.

Ariza berish: shu yer orqali amalga oshiriladi. Toʻliq ma’lumot: shu yerda va shu yerda berilgan.

Grant boʻyicha ma’lumot va hujjatlar tarkibini aniqlash uchun  Iain Stylesga I.B.Styles@bham.ac.uk elektron pochtasi orqali murojaat qiling.

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Personal statement.
  2. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  3. Ingliz tili sertifikati. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Cover letter va CV.
  6. Research proposal talab qilinishi mumkin.
  7. Qoʻshimcha ACT/SAT/GMAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademik yutuqlari, ilmoy salohiyati, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: I.B.Styles@bham.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!