×

Buyuk Britaniya: Postdoktorlar uchun yillik 300 000 funt-sterlinggacha grant!


Grant

MUHLAT

22.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1741 marta

Buyuk Britaniyaning The British Academy va Royal Academy of Engineering UK Government’s Global Challenges Research Fund (GCRF) 2019-yilning 9-sentabridan boshlanadigan kurslar uchun Urban Infrastructures of Well-Being dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant postdoktor bosqichi tadqiqotchilariga 21 oy (salkam ikki yil) muddatga beriladi. Grant ijtimoiy, muhandislik va gumanitar sohalar bo`yicha fanlararo taqdidqotlar olib borayotgan izlanuvchilarni ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant rivojlanayotgan davlatlardan o`z vatanlarini iqtisodiy rivojlantirishga oid ilmiy ish qilayotgan nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktor bosqichi tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 21 oygacha har yili 300 000 funt-sterling (taxminan 388 075,50 AQSh dollar) stipendiya beriladi.

Grant ehtiyojga qarab nomzodlarning turar joy, yashash xarajatlari va transport sarflarini ham qoplashi mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi (O`zbekiston ro`yxatda bor).
  2. Nomzod kuchli va dolzarb research proposal topshirishi lozim.
  3. Nomzod berayotgan loyihasi katta muammolarni hal etishini namoyish qila olishi kerak.
  4. Nomzodning loyihasi ijtimoiy, muhandislik va gumanitar sohalari bo`yicha fanlararo tadqiqot bo`lishi va unda ijrochi sifatida rivojlanayotgan davlat vakillari qatnashishi lozim.
  5. Nomzod The British Academyning 2019-yil 9-sentabrdan boshlanadigan postdoktor kurslariga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  6. Nomzodning tegishli darajadagi PhD/DSc diplomi boʻlishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  8. Nomzod grantning: shu yerda ko`rsatilgan barcha talablariga mos bo`lishi talab qilinadi.
  9. Nomzod moliyaviy yordamga muhtoj bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant The British Academyning 2019-yil 9-sentabrdan boshlanadigan postdoktor kurslarida tadqiqot olib borish uchun beriladi. Demak nomzod akademiyaga ariza berishi kerak. Kurs va grantga bitta ariza topshiriladi. Ariza onlayn tarzda to`ldiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 22-maygacha qabul qilinadi. Hujjat topshirishdan avval Scheme Notes bilan batafsil tanishib chiqing.

Ariza to`ldirish bo`yicha yo`riqnoma:

Ariza to`ldirayotganda barcha (*) bilan belgilangan qatorlar to`liq yozilishi shart. Arizaning sahifalarida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

  • Page 1: Primary Applicant Details
  • Page 2-7: Co-Applicant Details
  • Page 8: Research Proposal
  • Page 9: Financial Details
  • Page 10: Equal Opportunities

Hujjatlar tarkibi:

  • CV/resume. PDF faylda yuklanadi.
  • Research proposal.
  • Loyiha rejasi va dasturi
  • PhD diplomi.
  • Hammualliflar bor bo`lsa, ular haqida ma’lumot.
  • Loyiha ijrochilari haqida ma’lumot.
  • Qo`shimcha hujjatlar so`ralishi mumkin. Bu masalada maqola oxirida ko`rsatilgan manzilga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi va talablar haqida batafsil ma’lumotlar: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash taqdim etilgan loyihaning dolzarbligi, katta muammolarni hal eta olishi, rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga hissa qo`sha olishi, taklif etilayotgan ijrochilar, moliyaviy yordamga ehtiyojning mavjudligi kabilar asosida amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayndan keyin tez vaqt ichida elektron pochta orqali jo`natiladi.

Bogʻlanish uchun: GCRF@thebritishacademy.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!