×

Buyuk Britaniya: Queen’s University Belfast magistratura kurslari uchun 50% grantlar!


Grant

MUHLAT

10.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

955 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Queen’s University Belfast universiteti tomonidan taqdim etiladigan Vice-Chancellor’s International Attainment Scholarship grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet magistratura (taught master) kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi. Barcha magistratura kurslari ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talaba o’qishga kirgan magistratura kursi o’qish to’loviga 50% chegirma qilinadi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

Taught master kurslariga qabul uchun odatda Buyuk Britaniyaning upper second class honors bakalavr darajasiga teng diplom talab qilinadi.

  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul qilinadigan testlar
  • Grantlar hujjat topshirgan nomzodlardan baholari hamda darsdan tashqari yutuqlari eng yuqori darajadagi umidli talabalarga belgilanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab etiladi. 

Avvaliga bu yerda taught master kursini tanlab, ariza topshiring. Ariza bu yerda to’ldiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr diplomi va baholari;
  • Diplom va baholarning rasmiy tasdiqlangan nusxalari;
  • Ingliz tili sertifikati.

Kursga hujjat topshirgach, grantga ariza bering. Grantga arizani faqatgina magistratura uchun qabul qilinib, talabalikka taklifni qabul qilgandan keyin to’ldirish mumkin. Grantga arizalar bu yerda, 2021-yil 10-maygacha qabul qilinadi. Grant arizasini to’ldirishda 2 daqiqalik motivatsion video yuklash talab etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!