×

Buyuk Britaniya: Shimoliy Irlandiyada bakalavriat bosqichini oʻqish uchun 20 foizlik grant


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1446 marta

Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida joylashgan Queen’s University Belfast bakalavriat kurslari uchun mo’ljallangan Queen’s Loyalty Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning Medicine, Dentistry, Agricultural Technology, Theology sohalariga tegishli bakalavriat kurslariga va hamma masofaviy ta’lim, sirtqi hamda nostandart ta’lim kurslariga qabul qilingan a’lochi talabalarga beriladi. Grant bir marta berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 16 400 funt-sterlingdan 38 850 funt-sterlinggacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 20 % chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar kamida 75% ijobiy yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. .Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr oyida boshlanaigan Medicine, Dentistry, Agricultural Technology, Theologyga tegishli bakalavriat kurslariga va hamma masofaviy ta’lim, sirtqi hamda nostandart ta’lim kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5/TOEFL iBT kamida 90 ball talab qilinadi.
  5. Attestat/kollej/litsey diplomi hamda 1 yillik Foundation kursida oʻqigan yoki  International Baccalaureate (IB) Diploma A darajasida boʻlishi lozim. Oʻzbekistonliklar uchun kirish talablari bilan: shu yerda batafsil tanishing.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqishga kirish uchun UCAS tizimidan onlayn tarzda ariza berish lozim. Keyin grant yutib olish uchun alohida ariza topshiriladi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 30-iyunga qadar. Dedlayn muddati farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling. Grantga esa dedlayn – 31-oktabrga qadar. 

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Grantga arizani: shu yerda toʻldiring va dedlaynga qadar joʻnating.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/kollej/litsey diplomi hamda 1 yillik Foundation yoki International Baccalaureate (IB) Diploma A topshiriladi. Oʻzbekistonliklar uchun kirish talablari bilan: shu yerda batafsil tanishing. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5/TOEFL iBT kamida 90 ball boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ma’lumot soʻralishi mumkin. Dedlayn muddati ham farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling. Grant haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: rasmiy soʻrov sahifasiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!