×

Buyuk Britaniya: Sport menejmenti bo`yicha magistratura uchun to`liq grant!


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3359 marta

Angliyaning Liverpul shahrida joylashgan University of Liverpool tarkibidagi Management School 2019-yil sentabrda boshlanadigan kurslar uchun ULMS Liverpool MBA Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning sport turlari bo`yicha magistratura Football Industries MBA kursida o`qishni istagan talabalarga beriladi. Grant 1 yilga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Menejment bo`yicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Liverpool Football Industries MBA magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 23 500funt-sterling. O`qish kunduzgi bo`limda bir yil davom etadi.

Grant yutib olgan nomzodning bir yil muddatga o`qish puli to`liq qoplanadi.

Grant nomzodning yashash va tibbiy sug`urta xarajatlarini to`lamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning Football Industries MBA magistratura kursiga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1 daraja talab qilinadi.
  4. Nomzod futbol sohasi bo`yicha ish tajribasiga ega bo`lishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida ko`rsatilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 talab qilinadi.
  6. Bakalavr va/yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Football Industries MBA magistratura (postgraduate taught) kursiga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Yuqorida ko`rsatilgan talablarga mos nomzodlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Arizalar 2019-yil 31-iyulga qadar qabul qilinadi.

O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
  2. Tanlangan Football Industries MBA kursi uchun o`qishga qabul talablari bilan tanishing.
  3. Module details sahifasida modul uchun necha kredit yig`ish kerakligi ko`rsatilgan.
  4. Entry requirements bo`limida kirish talablari haqida yozilgan.
  5. Fees bo`limida kontrakt to`lovi va qanday to`lash mumkinligi haqida aytilgan.
  6. Applying bo`limida hujjat topshirish tartibi ko`rsatilgan. Apply yozuvini bosib, ariza to`ldiramiz va kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.
  7. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi o`ng tarafida berilgan manzilga yoki International Teamga murojaat qilish lozim. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi.
  3. Rasport nusxasi.
  4. Ingliz tili sertifikati.  Kursga qabul uchun kamida IELTS 6,5 so`raladi.
  5. GMAT sertifikati.
  6. Ish tajribasi haqida ma’lumotnoma.
  7. Ikkita tavsiyanoma.
  8. Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari va yutuqlari, futbol va boshqarish sohasiga tegishli kasbiy bilim va tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi;

Bog`lanish uchun:

Postgraduate Recruitment Team: pgrecruitment@liverpool.ac.uk;

MBA Recruitment Team: ulmsmba@liverpool.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!