×

Buyuk Britaniya: St. Kovachev Scholarship for International Marketing MSc kursi uchun 5 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

01.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1372 marta

Buyuk Britaniyaning Brighton shahrida joylashgan University of Sussex o’zining St. Kovachev Scholarship for International Marketing MSc grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi 2020-yil sentabrda boshlanadigan xalqaro marketing (MSc) yo’nalishidagi 1 yillik magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura (MSc) bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

St. Kovachev Scholarship for International Marketing MSc grantini yutib olgan talabaga 5 000 funt sterling miqdoridagi mablag’ ajratiladi.

Sussex Universitetida tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Sussex’ning 2019-yil sentabrda boshlanadigan xalqaro marketing (MSc) yo’nalishidagi 1 yillik magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursida o’qishni tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Onlayn kurslarda o’qiyotgan nomzodlar dasturga hujjat topshira olmaydilar.
  6. University of Sussex’ oliygohining boshqa dasturlari bo’yicha stipendiya olayotgan nomzodlar bu grantga hujjat topshira olmaydilar.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun nomzod avvalo University of Sussex’ning xalqaro marketing (MSc) yo’nalishidagi 1 yillik magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Oliygoh kursiga hujjatlar 2020-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. Ammo grant dasturida qatnashish uchun nomzodlar 2020-yilning 1-iyulidan kechiktirmasdan oliygohga qabul qilingan bo’lishlari kerak.

Grant dasturiga arizalar faqat onlayn ariza shaklida qabul qilinadi. Arizada shaxsiy bayonot (Personal Statement), nomzodning shaxsiy ma’lumotlari va manzili ko’rsatilishi kerak.

Magistratura kurslariga hujjat topshirish tartibi:

  1. Onlayn ariza.
  2. Til sertifikati. IELTS 5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.
  3. Shaxsiy bayonot
  4. Bakalavr diplomi
  5. Baholar/diplom ilovasi
  6. Passport nusxasi

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etilishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1273 606755
Email: scholarships@sussex.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!