Angliyaning University of Cambridge Trinity Hall – Mann Studentship for the Sciences – 2021/22 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2021-2022-oʻquv yilida tabiiy fanlar, matematika va tibbiyot sohalari boʻyicha bakalavriatdan keyingi bosqichlarda – MRes, MPhil va PhD kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya bir-uch yilga beriladi. Grant quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi:
- Natural Sciences
- Medical Sciences
- Mathematics.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va PhD bosqichlarida oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba University of Cambridge MPhil, PhD kursida oʻqish uchun 2021-2022-oʻquv yiliga taxminan 40 938 – 44 000 funt-sterling kontrakt toʻlaydi, magistraruraga esa taxminan 47 532 funt-sterling atrofida kontrakt to’lash kerak. Tanlangan sohaga hamda bosqichga qarab kontrakt hajmi farq qiladi, aniq ma’lumotni kurs sahifasidan oling.
Grant yutib olgan nomzodlarga magistratura uchun 1 yil, PhD uchun 3 yil davomida har yilga 10 000 -40 000 funt-sterling miqdorida mablag’ ajratiladi.
Grant nomzodning boshqa xarajatlarini toʻlamaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod kamida bakalavr darajasiga yoki tanlangan bosqichga mos diplomga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod Cambridge universitetining yuqorida koʻrsatilgan sohalardan biri boʻyicha MPhil, MRes yoki PhD kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borish uchun tayyor boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2021-yil 17-martga qadar qabul qilinadi.
Grantga va oʻqishga kirish uchun bir marta ariza beriladi.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:
- Avval shu yerda oʻqishga qanday qilib hujjat topshirish kerakligi haqida batafsil tanishib chiqing.
- Keyin shu yerdan kerakli kursni toping.
- Kursning overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
- Study (active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
- Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
- Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
- How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqingSahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
- Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
Kerakli hujjatlar:
- Toʻldirilgan ariza.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/rezume.
- Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
- Reserch proposal.
Oʻqish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.
Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Natijalar 2021-yil 30-aprelda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: graduatetutorial@trinhall.cam.ac.uk manziliga murojaat qiling.