×

Buyuk Britaniya: Tabiiy fanlar, matematika va tibbiyot sohalarida magistratura hamda PhD uchun 40 000 funt-sterlinggacha grantlar!


Grant

MUHLAT

17.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2692 marta

Angliyaning University of Cambridge Trinity Hall – Mann Studentship for the Sciences – 2021/22 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2021-2022-oʻquv yilida tabiiy fanlar, matematika va tibbiyot sohalari boʻyicha bakalavriatdan keyingi bosqichlarda – MRes, MPhil va PhD kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya bir-uch yilga beriladi. Grant quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi:

  • Natural Sciences
  • Medical Sciences
  • Mathematics.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichlarida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge MPhil, PhD kursida oʻqish uchun 2021-2022-oʻquv yiliga taxminan 40 938 – 44 000 funt-sterling kontrakt toʻlaydi, magistraruraga esa taxminan 47 532 funt-sterling atrofida kontrakt to’lash kerak. Tanlangan sohaga hamda bosqichga qarab kontrakt hajmi farq qiladi, aniq ma’lumotni kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan nomzodlarga magistratura uchun 1 yil, PhD uchun 3 yil davomida har yilga 10 000 -40 000 funt-sterling miqdorida mablag’ ajratiladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod kamida bakalavr darajasiga yoki tanlangan bosqichga mos diplomga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining yuqorida koʻrsatilgan sohalardan biri boʻyicha MPhil, MRes yoki PhD kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borish uchun tayyor boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 17-martga qadar qabul qilinadi.

Grantga va oʻqishga kirish uchun bir marta ariza beriladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avval shu yerda oʻqishga qanday qilib hujjat topshirish kerakligi haqida batafsil tanishib chiqing.
  2. Keyin shu yerdan kerakli kursni toping.
  3. Kursning overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  4. Study (active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  5. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  6. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  7. How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqingSahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  8. Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar 2021-yil 30-aprelda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: graduatetutorial@trinhall.cam.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!