×

Buyuk Britaniya: Tadqiqot olib borish uchun grant va stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

12.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2813 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Bristol universiteti tadqiqot olib borishni xohlovchilardan Meri Skadowska Kyuri grantlari uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Bu dastur doirasida universitet tadqiqotchilarga ikki yilgacha vaqt davomida Bristol Universitetida tatqiqot olib borish imkoniyatini yaratib, asosiy xarajatlarni qoplab beradi.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqot olib borishni xohlovchi olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tatqiqotchilar uzog’i bilan 24 oylik tadqiqotlari davomida quyidagi moddiy yordam bilan ta’minlanadilar:

  1. Tadqiqotchining yashash xarajatlari uchun uchun oyiga 55000 yevro mablag’ ajratiladi;
  2. Undan tashqari, 600 yevro miqdoridagi oylik stipendiya beriladi. Agar olim oilasi bilan kelgan bo’lsa, qo’shimcha tarzda yana 500 yevro mablag’ taqdim etiladi.
  3. Shuningdek, konferensiya va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun oyiga 650 yevro moddiy yordam ajratiladi va
  4. Boshqa xarajatlar uchun oyiga 800 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Bu grant dasturiga xujjat topshirish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod PhD darajasiga yoki tatqiqot olib borish bo’yicha kamida 4 yillik tajribaga ega bo’lishi kerak;
  2. Ushbu dasturda nodavlat tashkilotlar, muzeylar, xayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (third parties) ham qatnashishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni

Grant dasturi uchun xujjat topshirmoqchi bo’lsangiz,

  1. O’zingizga ilmiy rahbar tanlab, u bilan bog’laning;
  2. Siz tatqiqot olib bormoqchi bo’lgan fakultet tatqiqot rahbariga tatqiqot rejangiz va CV’ingizni jo’nating.

Tadqiqot rahbarlari arizalarni saralashda taklif etilgan tatqiqot mavzularining fakultet maqsad va yo’nalishiga moslik darajasini o’rganib chiqib, saralangan nomzodlarni universitet qabul jamoasiga taqdim etadilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Eslatmalar

  • Ushbu grant barcha yo’nalishlar bo’yicha tatqiqot loyihalariga ajratilishi mumkin.
  • Fakultet rahbarlari bilan quyidagi elektron manzillar orqali bog’lanishingiz mumkin:
  1. Gumanitar fanlar maktabi: fulton@bristol.ac.uk
  2. Zamonaviy tillar maktabi: f.burdett@bristol.ac.uk
  3. San’at maktabi: a.piccini@bristol.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!