×

Buyuk Britaniya: Talaba va yosh mutaxassislar uchun 3 kunlik konferensiya; barcha xarajatlar qoplanadi; joy – 100ta!


Grant

MUHLAT

14.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3828 marta

Buyuk Britaniya Kengashi va uning hamkorlari jurnalistikaga qiziquvchi talabalar yoki yaqindagina oliygohni tamomlagan 18-25 yoshdagi mutaxassislarni Future News Worldwide 2020 dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur har yili dunyo boʻylab 100 nafar professional va havaskor journalist hamda talabalarni birlashtiradi. Bu yilgi dastur Londorda joylashgan Sky Global shtab-kvartirasida 2020-yilning 14-15-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

18-25 yoshdagi jurnalistlar va talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Future News Worldwide grantini yutib olgan nomzodlarning safar, oziq-ovqat xarajatlarini qoplaydi hamda turar joy bilan ta’minlaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Istalgan davlat vakili bu dasturga ariza bera oladi.
  2. Nomzod 2020-yil 1-iyul holatiga 18-25 yoshda boʻlishi kerak.
  3. Nomzod oliygohning istalgan yoʻnalishida bakalavriat/magistraturada oʻqiyotgan yoki 2018-yil 1-iyuldan keyin oliygohni tamomlagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va kamida 6,5 IELTS sertifikatiga ega boʻlishi kerak. Til bilishga qoʻyiladigan talablar: shu yerda.
  5. Nomxod avval  Future News Worldwide yoki Future NEWS dasturida ishtirok etmagan boʻlishi lozim.
  6. Nomzod jurnalistikaning istalgan yoʻnalishiga qiziqishi va xabardor boʻlishi kerak.
  7. Nomzod 2020-yilning 11-16-iyul kunlarida Buyuk Britaniyaga sayohat qilishga tayyor boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani toʻldirishi va 2020-yilning 14-fevralidan kechiktirmay joʻnatishi lozim. Hujjatlarni topshirish uchun link shu yerda.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Onlayn arizani toʻldirish. Buning uchun avval quyida berilgan 2ta savolga oldindan javob tayyorlab olish kerak, chunki bu jarayon koʻp vaqt olishi mumkin va ariza toʻldirish jarayonida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Hujjat topshirish haqida barcha ma’lumot va yoʻriqnomani: shu yerdan batafsil oʻqib chiqing. Savollar quyidagicha:

Q1. Please provide a personal statement telling us about your journalism experience and your motivation for applying to Future News Worldwide 2020.

You should refer to the following in your answer:

  • The type of journalism you do, and why you are passionate about it
  • Any experience you have which was notdone as part of a university course
  • Projects you are currently working on
  • What you think you need to do or learn to improve your journalism

Savolga 300ta soʻzdan iborat javob yoki 2 minutli video/audio yoziladi.

Q.2. Please provide a reportage on a subject of your choice about your home country or country of residence.

A reportage is a factual, journalistic article. It should be clear that the topic you are discussing is well-researched, based on verifiable facts, and understandable to the reader even if they have no background knowledge of the subject. It can reflect a point of view but should not be an opinion piece.

You may use a reportage which has been published previously as long as it is all your own work (i.e. not a group project) and meets the competition terms and conditions.

  • The topic may be
  • Political
  • Environmental
  • Technological
  • Social

Savolga 500ta soʻzdan iborat javob yoki 3 minutli video/audio yoziladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Oʻqish yoki ish joyingizdagi oʻqituvchi/muharrirdan tavsiyanoma.
  3. Ingliz tili sertifikati.

Ma’lumot uchun: FutureNewsWorldwide@britishcouncil.org manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!