×

Buyuk Britaniya: Talabalar uchun yozgi maktab; bepul turar joy va oylik 1 000 funt sterling stipendiya; joy – 15tagacha!


Grant

MUHLAT

18.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

7256 marta

Buyuk Britaniyada joylash John Innes Centre ilmiy tadqiqot markazi bakalavriatda tahsil olayotgan talabalardan International Undergraduate Summer School uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu yozgi maktab 2021-yilning 27-iyunidan 21-avgustigacha, ya’ni 8 hafta davom etadi. Bu davr mobaynida ishtirokchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalish va loyiha yuzasidan imiy rahbar boshchiligida tadqiqot olib borishadi. Aytib oʻtish joizki, tadqiqot markazidagi yozgi maktab uchun belgilangan loyihalarning deyarli barchasi kimyo, fizika, atrof-muhit, matematika va biologiya sohasiga oid. Tadqiqot loyihalari bilan shu yerda batafsil tanishing.

Ushbu dastur uchun 8-15 nafargacha nomzod tanlab olishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Tekin turar joy bilan ta’minlanadi. Bunda talabalar ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi.
  • Kundalik xarajatlar uchun haftasiga 250 gunt sterling mablagʻ ajratiladi.
  • Shuningdek, tadqiqot olib borishda kerak boʻladigan moddalarni sotib olish uchun mablagʻ ajratiladi.

Nomzodlar tibbiy sugʻurtaga ketadigan va yuqorida koʻrsatilmagan boshqa barcha xarajatlarni oʻzlari qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Dunyoning istalgan mamlakatidagi bakalavr bosqichida oʻqiyotgan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Magistratura va undan yuqori bosqichda ta’lim olayotganlar ushbu dasturga qatnasha olmaydi.
  3. Nomzodlar hujjat topshirayotgan vaqtida bakalavrlik bosqichining birinchi yoki oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlmasligi Bunday talabalar dasturga qabul qilinmaydi.
  4. Talabalarning quyidagi yoʻnalishlardan birida tahsil olayotgan boʻlishi lozim:
  • Physical Sciences
  • Earth and Environmental Sciences
  • Chemical Sciences
  • Mathematics
  • Biological and Biomedical Sciences.
  1. Tibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalardan arizalar qabul qilinmaydi.
  2. Nomzod oʻzi tahsil olayotgan yoʻnalishda PhD bosqichida ham oʻqishni rejalashtirayotgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Nomzodlar onlayn arizani toʻldirishda, shaxsiy savollarga javob berish bilan bir qatorda, CV, Personal Statement (shaxsiy izoh) va bir nafar tavsifnoma beruvchi oʻqituvchi/ilmiy xodim kontaktlarini ham taqdim qilishi kerak. Tavsifnoma beruvchi shaxsga email orqali tavsifnoma berish uchun taklif yuboriladi. Onlayn arizalar 2021-yil 18-yanvargacha topshirilishi lozim.

Arizani toʻldirishni boshlashdan oldin Dastur qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ushbu qoidalar bilan tanishish uchun shu yerga kiring va «Conditions of Award» tugmasini bosing.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!