×

Buyuk Britaniya: Tarix yo’nalishi bo’yicha magistratura uchun to’liq grant


Grant

MUHLAT

15.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3517 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Sussex tarixning ikki yo’nalishi – Zamonaviy tarix (Contemporary history) va Intellektual tarix (Intellectual history) bo’yicha magistratura kurslari uchun Cate Haste grantlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantning asosiy maqsadi qobiliyatli va moddiy ta’minotga muhtoj talabalarga kontrakt to’lovini to’lashni yengillashtirish.

Ajratilgan grantlar soni – 2 ta.

Grant kimlar uchun?

Tarix yo’nalishida magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir grantning umumiy miqdori 10000 funt sterlingni tashkil qiladi va u kontrakt tolovi uchun yo’naltiriladi. To’lovdan keyin ortib qolgan pul talabaga stipendiya ko’rinishida beriladi.

Talablar:

Cate Haste grant dasturiga hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, quyidagi talablarga mos bo’lishingiz kerak:

  1. Nomzod University of Sussex’ning Contemporary History yoki Intellectual History yo’nalishidagi magistratura kursiga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi yoki qabul qilingan bo’lishi kerak;
  2. Nomzod University of Sussex talabalari uchun ajratilgan boshqa moddiy ta’minot manbalaridan foydalanmayotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod grant ajratilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak. Bu ro’yxatda O’zbekiston ham bor.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida hujjatlar talab qilinmaydi, chunki bu hujjatlar asosan magistratura kursining o’ziga hujjat topshirish jarayonida qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun onlayn ariza to’ldirish zarur. Onlayn arizaning bir qismi sifatida “statement of interests” ham taqdim etilishi kerak. Unga quyidagilar kiritilishi lozim:

  1. Nomzodning shu paytgacha erishgan yutuqlari.
  2. Nomzodning bitiruvdan keyingi rejalari.
  3. Nomzodning shu kursga aloqador bo’lgan, o’qishdan tashqari faoliyatlari. Masalan, biror klub yoki jamiyat tashkil qilganingiz, biror loyihada volontyorligingiz va hkz. haqida yozishingiz mumkin.

Onlayn ariza formasiga elektron pochta manzilini yozish shart emas, bu nomzodning arizasi qabul bo’limiga kelib tushganligini tekshirish uchungina kerak.

Ma’lumot uchun: scholarships@sussex.ac.uk .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!