×

Buyuk Britaniya: Tibbiyot bo‘yicha PhD uchun qisman grant; yillik 15 009 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1243 marta

Angliyaning Birmingem shahrida joylashgan Aston University PhD bosqichi uchun 2020-yilgi  PhD Studentship – Developing novel bioactive materials for bone cancer applications dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Engineering and Applied Scienceda  PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Grant Sarcoma UK  tomonidan universitetning  Materials Researchda izlanishlar olib borish maqsadida moliyalashtiriladi. Grant uch yarim yilga beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi suyak saratoni kasalligini davolashda yangi materiallarni qo‘llashga oid izlanishlarni amalga oshirish kerak.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidahi imkoniyatlar beriladi:

  1. Uch yarim yilga Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun kontrakt hajmdagi kontrakt pulini qisman qoplab
  2. Uch yarim yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 15 009 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Dastur kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun to‘lash kerak bo‘lgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan farq qiluvchi qismini chet ellik nomzodning o‘zi to‘lashi kerak bo‘ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning Engineering and Applied Science  PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Odatda baholar 2:1 bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Aston universiteti talablariga mos bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,5 (barcha bo‘limlardan kamida 6,0) bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod mos keladigan soha bo‘yicha bakalavr/magistr (Bachelor Hond., MSc/MRes) diplomiga ega bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Engineering and Applied Scienceda PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 2020-yil 31-yanvar.

O‘ishga hujjat topshirish tartibi va talablari: shu yerda berilgan.

Savollar yuzasidan Dr Richard Martin: R.A.Martin@aston.ac.ukga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo‘lishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ro‘yxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar so‘ralishi mumkin.
  • Ish tajribangiz haqida ma’lumot.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Grantga haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: seasres@aston.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!