Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti 2019-yilning kuzida boshlanadigan tibbiyot va stomatologiya sohalari boʻyicha taʻlim beruvchi magistratura dasturlari uchun Global Scholarships for Excellence grantiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 1 yilga moʻljallangan boʻlib, kontrakt toʻlovini qisman qoplashni nazarda tutadi.
Grant universitetning quyidagi magistratura kurslari uchun tegishli:
- Advanced Clinical Practice – MSc
- Advanced Practice in Healthcare (Global) – MSc
- Bioinformatics – MSc
- Clinical Neuropsychiatry – MSc
- Clinical Oncology – MSc
- Clinical Trials – MSc
- Dental Materials Science – MSc
- Genomic Medicine – MSc
- Health Economics and Econometrics – MSc
- Health Economics and Health Policy – MSc
- Health Research Methods – MSc
- Immunology and Immunotherapy – MSc
- Occupational Health – MSc
- Physician Associate Studies – PGDip
- Public Health – MPH
- Public Health (SEAL) – MPH
- Public Health (Health Technology Assessment) – MPH
- Public Health (International) – MPH
- Restorative Dentistry – MSc
- Trauma Science – MSc
Grant kimlar uchun?
Tibbiyot va stomatologiya sohasi magistraturasida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga bir yilga 2000 funt-sterling mablagʻ ajratiladi.
University of Birmingham magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 21,690 funt-sterling.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Yevropa Ittifoqiga aʼzo va aʼzo boʻlmagan davlatlar hamda Buyuk Britaniya fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
- Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
- Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
- Bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, tibbiyot boʻyicha salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2019-yil 1-mayga qadar qabul qilinadi.
Avvalo, yuqorida koʻrsatilgan sohalardan birining magistraturasiga onlayn-ariza berish kerak. Onlayn-ariza toʻldirish haqida batafsil: SHU YERDA.
- Kerakli dasturni tanlang: BATAFSIL.
- Qabul talablari bilan tanishing: BATAFSIL.
- Alohida kurslarning qabul talablari haqida: SHU YERDA.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda tegishli boʻlimga murojaat qiling.
Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:
- Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
- Ingliz tili sertifikati (tibbiyot va stomatologiya fanlari uchun kamida IELTS 7,0. Til bilish darajasiga qoʻyilgan talablar haqida batafsil: SHU YERDA tanishing).
- Shaxsiy ariza (5000 belgigacha hajmda yozilgan, PDF yoki Microsoft Word formatida boʻlishi kerak).
- Ikkita tavsiyanoma.
- Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
Stipendiya olish uchun onlayn-ariza toʻldiring. Onlayn-ariza toʻldirish: SHU YERDA. Jarayonda quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
- Familiya, ism.
- Elektron pochta manzili.
- Hujjat topshirilgan dastur.
- Oʻqish pulini toʻlash uchun moliyalashtirish manbasi haqida maʼlumot.
- Erishilgan yutuqlar va mukofotlar haqida (200 ta soʻzgacha) maʼlumot.
- Tanlangan dasturga nima sababli qiziqishi haqida (200 ta soʻzgacha) esse.
- Kelajakdagi rejalar toʻgʻrisida (200 ta soʻzgacha) fikr.
*Muhim: Qabul uchun hujjatlar tarkibi va talablari haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
Natijalar nomzodlarga 2019-yilning 29-iyunida eʼlon qilinadi;
Grant masalasida savollar tugʻilganda murojaat uchun: Louise Batchelor, elektron pochta: mds-globalscholarships@contacts.bham.ac.uk