×

Buyuk Britaniya: To’liq grant, oylik stipendiya, turar joy va borish-kelish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

16.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2704 marta

A.S.Hornby Educational Trust Buyuk Britaniyada joylashgan Warwick universitetida magistrlik bosqichida o’qish uchun to’liq grant e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistrlik bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq qoplanadi;
  • Turar joy bilan ta’minlanadi yoki turar joy xarajatlari qoplanadi;
  • Yashash uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Buyuk Britaniyaga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi;
  • Viza xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lioshi lozim;
  • Nomzod kamida ikki yil to’liq stavkada ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishlagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod IELTS sertifikatiga ega bo’lishi kerak va umumiy ball 6.5 dan past bo;lmasligi, hech qaysi bo’lim 6 dan past bo’lmasligi va writing eng kami 6.5 ball bo’lishi lozim.

Dasturning boshlanishi:

2018-10-01

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich – Bunda 2018-yilning 16-fevraligacha onlayn tarzda ariza to’ldiriladi.

2-bosqich – Birinchi bosqichdan o’tganlar o’z davlatlaridagi Britaniya elchixonasiga suhbatga chaqiriladi.

3-bosqich – Suhbatdan o’tganlar Warwick universitetiga hujjat topshiradi.

4-bosqich – Bunda Warwick universiteti nomzodga qabul xati (Letter of Acceptance) yuboradi va 2018-yil 1-oktabrda o’qishni boshlash rejalashtirila boshlanadi.

O’qish 2018-yilning oktabridan 2019-yilning sentabrigacha davom etadi.

Eslatma: Onlayn tarzda ariza topshirishni bir urinishda tugatish lozim. Ikkinchi marta kirib, ariza topshirish jarayonini davom ettirib bo’laydi. Shu sababli, ariza topshirish haqidagi ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qib chiqing. Ko’rsatmalar bilan SHU YERDA tanishing.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

A.S.Hornby Educational Trust

Ushbu grant faqat «Ingliz tilini o’qitish bo’yicha magistr (Masters in English Language Teaching)» yo’nalishi uchun ajratilgan va kelajakda ingliz tili o’qituvchisi bo’lib ishlamoqchi bo’lganlar uchun tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!