×

Buyuk Britaniya: University of Hertfordshire (UH) tibbiyot yo’nalishidagi bakalavr kurslari uchun 9 000 funt sterling grant; joy-10 ta!


Grant

MUHLAT

28.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1794 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Hertfordshire (UH) sog’liqni saqlash yo’nalishidagi bakalavriat kurslari uchun UH Trust Health Bursary grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetda quyidagi sohalar bo’yicha tahsil olish istagidagi talabalarga beriladi:

  • Adult Nursing
  • Child Nursing
  • Mental Health Nursing
  • Learning Disabilities Nursing
  • Midwifery
  • Social Work
  • Physiotherapy
  • Paramedic Science
  • Diagnostic Radiography
  • Radiotherapy
  • Oncology.

Dastur doirasida 10 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga har o’quv yilida 3 000 funt sterlingdan, butun bakalavr kursi uchun jami – 9 000 funt sterling miqdoridagi mablag’ ajratiladi.

Eslatma: dasturda g’olib bo’lgan talaba boshqa istalgan grant dasturida qatnashishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Grantga barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning yuqorida keltirilgan sohalari bo’yicha o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod University of Hertfordshire (UH)`ning Health Programmes bo’yicha bakalavr bosqichi talablariga javob berishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod 12 yillik ta’lim – attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Joriy yilning 26-avgustiga qadar oliygohning belgilangan yo’nalishlar bo’yicha bakalavr kurslariga qabul qilingan barcha talabalar grant uchun nomzod deb hisoblanadilar. Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun nomzod oliygohga topshiriladigan hujjatlariga shu dasturga bo’lgan qiziqishini ifodalovchi xatni (letter of interest-300 so’zdan iborat) qo’shib topshirishi yetarli bo’ladi. Dedlayn- 26-avgust.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi.
  • Pasport nusxasi.
  • Bayonot (Personal Statement).
  • Tanlangan soha bo’yicha mehnat tajribasi.
  • CV/resume talab qilinishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi bu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va ijtimoiy faolligi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil 6-sentabrda e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun:

Tel: +44 (0)1707 284000

Email: ask@herts.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!