×

Buyuk Britaniya: UWE Bristol universitetining magistratura uchun grantlari


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4447 marta

Buyuk Britaniyaning UWE Bristol universitetining magistratura kurslari uchun ajratilgan bir nechta grant dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Quyida keltirilgan grant dasturlari bir biridan farq qiladi va ular uchun ariza topshirishni xohlasangiz, avval UWE Bristol universitetining magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishingiz va qabul qilinishingiz kerak. UWE Bristol magistratura kurslariga hujjat topshirish muhlatlari va talablari ham turlicha bo’lib, ular bilan tanishish uchun sizni qiziqtirgan kurs bilan tanishib chiqishingiz kerak.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Umumiy grantlar:

1. Chancellor’s scholarship.

Bu grant taqdim etilgan talaba o’qishi jarayonida universitetning Xalqaro bo’limida va ba’zi boshqa bo’limlarida amaliyot o’tashi kerak bo’ladi va universitetni turli marosimlarda taqdim etishi va elchi sifatida xizmat qilishi kerak bo’ladi. Shuningdek, o’qishni tamomlagach universitet kurslarini ommalashtirish uchun bitiruvchilar tarmog’iga a’zo bo’lishi talab etiladi.

Manfaatli jihatlari: ushbu grant dasturi doirasida talabaning bir yillik o’qish kontraktining 50 foiz miqdori qoplab beriladi. Grant 2018-yil sentabr kurslari uchun 1 ta va 2019-yil yanvar kurslari uchun 1 ta ajratilgan. Hujjat topshirish muhlati – 2018-yil, 31-may.

2. Millennium scholarship. Bu grant taqdim etilgan talaba o’qishi jarayonida universitetning Xalqaro bo’limida va ba’zi boshqa bo’limlarida amaliyot o’tashi kerak bo’ladi va universitetni turli marosimlarda taqdim etishi va elchi sifatida xizmat qilishi kerak bo’ladi. O’qishni tamomlagach universitet kurslarini ommalashtirish uchun bitiruvchilar tarmog’iga a’zo bo’lishi talab etiladi.

Manfaatli jihatlari: ushbu grant dasturi doirasida talabaning bir yillik o’qish kontraktining 50 foiz miqdori qoplab beriladi. Grant 2018-yil sentabr kurslari uchun 1 ta va 2019-yil yanvar kurslari uchun 1 ta ajratilgan. Hujjat topshirish muhlati – 2018-yil, 31-may.

Kurslar uchun maxsus grantlar:

Quyidagi grantlar UWE Bristolning magistratura kurslari uchun mahsus ajratiladi:  Bu grantlar taqdim etilgan talaba o’qish davomida va keyinchalik universitetga o’qish taassurotlari bilan (reklama uchun) o’rtoqlashish, magistratura kurslari tomonidan namuna sifatida turli marosimlarda qatnashish yoki bo’lajak talabalarga ma’lumot berish kabi mashg’ulotlar orqali ko’maklashishi kerak bo’ladi.

  1. UWE Bristolning Inson Resurslarini Boshqarish xalqaro magistratura kursi grantibir yilga kontrakt puli to’liq qoplab beriladi. 2018-yil sentabr kurslariga 1 ta grant ajratilgan. Hujjat topshirish muhlati – 2018-yil, 31-mart.
  2. UWE Bristol universitetining MBA kursi grantibir yilga kontrakt pulinining 50%i qoplab beriladi. 2018-yil sentabr uchun 2 ta, 2019-yil yanvar uchun 1 ta grant ajratilgan. Hujjat topshirish muhlati – 2018-yil, 31-mart/31-oktabr.
  3. Xalqaro boshqaruv magistratura kursi bir yilga 50% kontrakt puli qoplanadi, 2018-yil sentabr va 2019-yil yanvar kurslariga bittadan grant. Hujjat topshirish muhlati – 2018-yil, 21- mart/31-oktabr.
  4. Sog’liqni saqlash va amaliy fanlar fakulteti grantibir yillik kontrakt pulining 50%qismi qoplab beriladi. 2018-yil sentabr yoki 2019-yil yanvar kurslariga umumiy 3 ta grant ajratilgan. Hujjat topshirish muhlati – 2018-yil, 30-aprel.
  5. Sog’liqni saqlash va amaliy fanlar fakulteti dekani granti-bu mahsus grant ushbu kurs mavzusiga aloqador bo’lgan, atrof-muhit, salomatlik va xavfsizlikka oid salbiy ta’sirdan talofat ko’rgan davlatlar fuqarolari uchun ajratilgan. Dastur doirasida 1 yil uchun kontrakt puli to’liq qoplab beriladi. 2018-yil sentabr yoki 2019-yil yanvar uchun bitta grant ajratilgan. Hujjatt opshirish muhlati – 2018-yil, 30-aprel.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Bakalavr darajasiga ega bo’lishi,
  • UWE Bristolning magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi (turli kurslar uchun mahsus ajratilgan grantlar uchun shu grant ajratilgan kursga qabul qilingan bo’lish),
  • Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi,
  • Ilgari Buyuk Britaniyada ta’lim olmagan bo’lishi,
  • Boshqa iqtisodiy ta’minot olmayotgan bo’lishi,
  • O’qish kontraktini o’zi to’lashga majbur bo’lishi shart.

Boshqa talablar bilan grantlarning maxsus sahifasida tanishing.

Eslatmalar.

  • Kurslar uchun mahsus grant dasturlariga ariza berish uchun sizni qiziqtirayotgan kursning internet sahifasidan turib shu kursga hujjat topshiring.
  • Hujjat topshirishda UKVI- Buyuk Britaniyaning Viza va Immigratsiya bo’yicha talablariga javob berishingizni, kontraktning qolgan qismi va yashash harajatlaringizni qoplay olishingizni isbotlashingiz kerak.
  • UWE Bristoldagi kontrakt miqdori haqida batafsil SHU YERDA tanishing.
  • Magistratura kurslari haqida batafsil SHU YERDA tanishing.
  • Grantlar va qabul jarayoni haqidagi savol-javoblar SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!