×

Buyuk Britaniya va Afrika: Magistratura uchun toʻliq grant; yashash va yoʻl xarajatlari qoplanadi; stipendiya – 18 000 funt-sterlinggacha!


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1941 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan London School of Economics and Political Science universiteti The Atlantic Fellowships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant doirasida ikkita: Residential va No-residential dasturlar mavjid.  Grantlar ijtimoiy tenglik va adolat yoʻnalishlaridagi MSc Inequalities and Social Science magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli, umidli va yuksak yetakchilik qobiliyatlariga ega eng munosib talabalarga beriladi. Ushbu magistratura kurslari ijtimoiy tenglik va adolatni rivojlantirish hamda targʻib qilishga tayyor talabalarga kerakli bilim, koʻnikma va motivatsiya berish uchun moslab ishlab chiqilgan kurslar hisoblanadi va bu kurslarda talabalarga kuchli mutaxassislar bilim beradilar. The Atlantic Fellows grant dasturidan maqsad iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

The Atlantic Fellows grant dasturi davomida sirtqi holda yoki toʻliq stavkada oʻqish mumkin. toʻliq stavkali oʻqish bir yil boʻladi, sirtqisi esa butun kurs davomida 5 hafta Buyuk Britaniyada boʻlishni talab etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talaba quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  1. Talabaning butun oʻquv konktakti qoplab beriladi.
  2. Talabaga diplom ishini yozishi uchun 3000 (non-residential fellow) yoki 18 000 (Residential fellow) funt sterling pul mablagʻi beriladi.
  3. London va Keyptaun shaharlariga safar xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Nomzodning transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod ijtimoiy tenglik va adolat ishlariga oid sohada kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  2. Nozmod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ijtimoiy tenglik va adolat sohasiga chuqur qiziqish bildiradigan, uni targʻib qilishga tayyor va buning uchun yetarli boʻlgan liderlik qobiliyati va potensialga ega boʻlishi zarur.
  4. Nomzod oʻzida kelajakda bu sohada muvaffaqqiyatli ishlay olish uchun yuqori potensial aks ettirishi zarur.
  5. Nomzod ijodiy va innovativ gʻoyalar bera olish darajasida fikrlashi zarur.
  6. Nomzod oʻz oldiga ulkan maqsadlar qoʻygan boʻlishi va ularga yetish uchun harakat qiladigan shaxs boʻlishi kerak. dasturga maqsadlari va imkoniyatlari eng kuchli boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.
  7. Nomzod ijtimoiy va hissiy jihatdan ulgʻaygan shaxs boʻlishi zarur.
  8. Nomzod jamoa boʻlib hamkorlikda ishlash tarafdori boʻlishi kerak.
  9. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va IELTS’dan kamida 7 ball olgan boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Rezidensiya koʻrinishidagi dastur, ya’ni bir yil Buyuk Britaniyada yashash imkonini beradigan dastur uchun ham, oʻz ishi va vatanidan ketmay turib oʻqib, butun kurs uchun atiga 5 hafta Buyuk Britaniyaga kelib-ketiladigan sirtqi dastur uchun ham hujjatlar 2019-yil 20-noyabrga qadar qabul qilinadi. Dasturlarga hujjatlar shu yerda qabul qilinadi. Platforma hozir yopiq va avgust oyi oxirida hujjat qabuli boshlanadi.

Hujjat topshirish tartibi quyidagicha:

  1. Hujjat topshirish uchun onlayn ariza beriladi.
  2. Avval saytda roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.
  3. Savollar tugʻilganda savol-javoblar sahifasi yoki maqola oxirida koʻrsatilgan manzil orqali aniqlik kiriting.

Ma’lumot uchun: afsee@lse.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!