×

Buyuk Britaniya va Isroil: PhD va postdoktor tadqiqotchilar uchun 15 000 AQSh dollarli grantlar; joy – 20ta!


Grant

MUHLAT

10.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1410 marta

Dan David Foundation jamg’armasi dunyoning yetakchi oliygohlarida hamda Isroilning Tel Avivy University oliygohida doktotontura va postdoktorontura izlanishlarini olib borayotgan yosh, umidli va yuqori potensialli tadqiqotchilarga Dan David Prize Scholarships grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tadqiqotlar olib borish uchun ajratiladi:

  • Arts
  • Law
  • Engineering
  • Physical Sciences
  • Life and Environmental Sciences
  • Medical and Dental Sciences
  • Social Sciences. Batafsil ma’lumot

Grant kimlar uchun?

PhD va postdoktor tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida jami 20 nafar tadqiqotchining har biriga 15 000 AQSh dollari miqdoridagi mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan. Bundan 10 nafari dunyoning turli oliygohlari tadqiqotchilari hamda qolgan 10 nafari Isroilning Tel Avivy University oliygohi doktorontura/postdoktorontura tadqiqotchilari bo’lishi kutilmoqda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod o’zi tanlagan yo’nalish bo’yicha dunyoning yetakchi oliygohlaridan birining doktorontura/postdoktorantura kursiga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod tanlangan sohaga tegishli magistr/PhD yoki unga ekvivalent ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak.
  5. Dan David Prize granti bilan oldin taqdirlangan tadqiqotchilar dasturga qayta hujjat topshira olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirishi va 2020-yil 10-martga qadar topshirishi kerak. Arizani to’ldirishda nomzoddan shaxsiy ma’lumotlari, o’qiyotgan oliygohi, ilmiy darajasi, tadqiqot ishi mazmuni hamda ilmiy rahbari haqidagi ma’lumotlar so’raladi.

Dasturga yuboriladigan tavsiyanomalar tavsiya beruvchilar tomonidan onlayn yuborilishi hamda ularning qog’oz shaklidagi varianti quyidagi manzilga pochta orqali jo’natilishi kerak:

Ms. Charlotte Hallé

Director, Dan David Prize

Tel Aviv University

PO Box 39040

Tel Aviv 6997801

Israel

Grantga hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. CV (chop etilgan nashrlar ro’yxati bilan birga).
  3. Tadqiqot ishi haqidagi ma’lumot (1-2 sahifadan iborat).
  4. 2 ta tavsiyanoma. (Ulardan 1 tasi nomzodning ilmiy rahbari tomonidan yozilgan bo’lishi zarur).
  5. Nomzod o’qiyotgan oliygohdan haqiqatdan ham uning shu yerda o’qishini tasdiqlovchi rasmiy hujjat (hujjatning original nusxasi Charlotte Hallé, Director, Dan David Prize, P.O. Box 39040, Tel Aviv University, Tel Aviv 6997801, Israelmanziliga pochta orqali yuborilishi zarur)

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

Tel: +972-3-6406614

e-mail: ddprize@tauex.tau.ac.il

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!