Buyuk Britaniyaning Uels davlati, Suonsi shahrida joylashgan Suonsi universiteti (Swansea University) 2024-yilning kuzidan boshlab oʻqish uchun Eira Francis Davies Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Tibbiyot, sogʻliqni saqlash va hayot haqidagi fanlar fakultetidagi magistratura (taught masterʼs) kurslaridan biriga oʻqishga kirgan ayol talabalardan 1 nafariga beriladi.
Nomzod mazkur grantni qoʻlga kiritish uchun quyidagi masgitratura kurslaridan biriga ariza topshirishi va oʻqishga qabul qilinishi kerak:
- Biomedical Science (Clinical Biochemistry), MSc
- Biomedical Science (Clinical Microbiology), MSc
- Clinical Psychology and Mental Health, MSc
- Genomic Medicine, MSc
- Healthcare Management, MSc
- Health Data Science, MSc
- Health Informatics, MSc
- Medical Neuroscience, MSc
- Medical Radiation Physics, MSc
- Nanomedicine, MSc
- Public Health and Health Promotion, MSc
- Research Methods in Psychology, MSc
Maʼlumot uchun: Bu universitet 2024-yil aprel oyi holatiga koʻra dunyodagi eng nufuzli universitetlar roʻyxatida 251-300-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchi ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha rivojlanayotgan davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi (Oʻzbekiston kiradi).
- Nomzod yuqorida sanab oʻtilgan magistrlik kurslaridan birida 2024-yil sentyabrdan oʻqish uchun qabul qilinishi kerak.
- Nomzod ayol kishi bolishi lozim.
- Grantga hujjat topshirish uchun nomzod Britanya tizimida kamida 2:1 darajali yoki unga teng darajadagi bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak (Oʻzbekiston holatida 100 ballik tizimda oʻrtacha bahosi kamida 70 boʻlishi kerak).
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
- Nomzod kuchli akademik qobiliyat, oʻqish uchun moliyaviy reja va tanlagan yoʻnalishi uchun kuchli motavatsiyaga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod shu universitetdagi boshqa grantlardan moliyaviy yordam olmayotgan boʻlishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2024-yilning 26-mayiga qadar qabul qilinadi. Grantga ariza topshirish uchun nomzod avval yuqorida sanab oʻtilgan magistrlik kurslaridan biriga ariza topshirishi kerak. Magistrlik kurslariga qabul talablari, kerakli hujjatlar roʻyxati va hujjat topshirish jarayoni haqida kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Magistrlik kurslariga qabul, odatda, iyul oyining oxirigacha davom etadi. Biroq nomzodlarga imkon qadar ertaroq hujjat topshirish tavsiya qilinadi.
Grantga ariza topshirish
Grantga onlayn tarzda ariza topshiriladi. Grantning onlayn arizasi BU YERDA toʻldiriladi va topshiriladi (submit). Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlarga 2024-yil 14-iyungacha intervyuga taklifi yuboriladi. Intervyular 2024-yil 17-21-iyun kunlarilar boʻlib oʻtadi va yakuniy natija 5-iyul kuni eʼlon qilinadi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan EFDScholarship@swansea.ac.uk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.