×

Buyuk Britaniya: Ayol-qizlar uchun magistraturada oʻqishga toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

28.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

11092 marta

Buyuk Britaniyaning Uels davlati, Suonsi shahrida joylashgan Suonsi universiteti (Swansea University) 2023-yilning kuzidan boshlab oʻqish uchun Eira Francis Davies Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Tibbiyot, sogʻliqni saqlash va hayot haqidagi fanlar fakultetidagi magistratura (taught masterʼs) kurslaridan biriga oʻqishga kirgan ayol talabalardan 1 nafariga beriladi.

Nomzod mazkur grantni qoʻlga kiritish uchun quyidagi masgitratura kurslaridan biriga ariza topshirishi va oʻqishga qabul qilinishi kerak:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchi ayol-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha rivojlanayotgan davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi (Oʻzbekiston kiradi).
  • Nomzod yuqorida sanab oʻtilgan magistrlik kurslaridan birida 2023-yil sentyabrdan oʻqish uchun qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod ayol kishi bolishi lozim.
  • Grantga hujjat topshirish uchun nomzod Britanya tizimida kamida 2:1 darajali yoki unga teng darajadagi bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak (Oʻzbekiston holatida 100 ballik tizimda oʻrtacha bahosi kamida 70 boʻlishi kerak).
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod kuchli akademik qobiliyat, oʻqish uchun moliyaviy reja va tanlagan yoʻnalishi uchun kuchli motavatsiyaga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod shu universitetdagi boshqa grantlardan moliyaviy yordam olmayotgan boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2023-yilning 28-mayiga qadar qabul qilinadi. Grantga ariza topshirish uchun nomzod avval yuqorida sanab oʻtilgan magistrlik kurslaridan biriga ariza topshirishi kerak. Magistrlik kurslariga qabul talablari, kerakli hujjatlar roʻyxati va hujjat topshirish jarayoni haqida kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Magistrlik kurslariga qabul, odatda, iyul oyining oxirigacha davom etadi. Biroq nomzodlarga imkon qadar ertaroq hujjat topshirish tavsiya qilinadi.

Grantga ariza topshirish

Grantga onlayn tarzda ariza topshiriladi. Grantning onlayn arizasi BU YERDA toʻldiriladi va topshiriladi (submit). Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlarga 2023-yil 16-iyungacha intervyuga taklifi yuboriladi. Intervyular 2023-yil 19-23-iyun kunlarilar boʻlib oʻtadi va yakuniy natija 3-iyul kuni eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan  EFDScholarship@swansea.ac.uk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!