×

Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Shvetsiya, Avstraliya va Tayland: Magistratura va tayyorlov kurslari uchun barcha xarajatlar qoplanadigan toʻliq grant; joy – 100 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

11537 marta

Rotary Foundation fondi shu tashkilot tomonidan tashkil etilgan Rotary Peace Fellowships grant dasturiga 2022-23-oʻquv yili uchun arizalar qabul qilmoqda. Grant dasturi tinchlikni ta’minlash harakatlarida faol ishtirok etishlari uchun mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Grant dasturida AQShdagi Duke University va University of North Carolina at Chapel Hill universitetlari, Buyuk Britaniyadagi University of Bradford, Yaponiyadagi International Christian University, Avstraliyadagi University of Queensland va Shvetsiyadagi Uppsala University magistratura kurslari bilan, Tailanddagi Chulalongkorn University esa professional tayyorlov sertifikat kurslari bilan ishtirok etadilar. Magistratura kursida oʻqish niyatidagilar shu universtetlardagi tinchlik va taraqqiyotga oid kurslarda toʻliq grant asosida oʻqishlari, oliy ma’lumotga ega mutaxassislar esa Tailandda shu yoʻnalishdagi professional tayyorlov dasturida toʻliq grant asosida ishtirok etishlari mumkin.

Magistratura kurslari 15-24 oy, tayyorlov kurslari 3 oy davom etadi. Oʻqish vaqtida dastur qatnashchilari jamiyatda osoyishtalikni ta’minlash uchun kerakli bilimlarni oladilar va zaruriy tayyorlovdan oʻtadilar. Dasturda qatnashib chiqqan mutaxassislar hozirda BMT ofislari, hukumat tashkilotlari, siyojiy tashkilotlar, nodavlat yoki notijorat tashkilotlar, jurnalistika, huquqshunoslik va boshqa yoʻnalishlarga ixtisoslashgan tashkilotlarda ishlashmoqda yoki oʻqish va tadqiqot faoliyatlarini davom ettirishmoqda.

Dastur doirasida oʻqish mumkin boʻlgan kurslar:

  1. AQSh: Duke Universiteti – master’s degree in international development policy
  2. AQSh: Shimoliy Karolina Universiteti – master’s degree international peace and conflict resolution
  3. Yaponiya: master’s degree in Peace Studies
  4. Buyuk Britaniya: Bradford Universiteti – master’s degrees related to peace, conflict, security, and development
  5. Avstraliya: Queensland Universiteti – master’s degree in international studies and peace and conflict studies
  6. Shvetsiya: Uppsala Universiteti – ijtimoiy fanlar boʻyicha magistratura kursi (kurs Tinchlik va Nizolar Tadqiqoti fakulteti tarkibiga kiradi va qurolli nizolar va ommaviy nizolarni oʻrganishga bagʻishlanadi)
  7. Tayland: Yuqoridagi davlatlarda Rotary fondi dasturining magistratura kurslarida oʻqish mumkin. Taylandda esa 3 oylik intensiv Tinchlik va Nizolarni bartaraf etish hamda oldini olish kursi oʻqitiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Rotary Peace Fellowships grantlari talabaning kontrakt, safar, sugʻurta, yashash xarajatlari va oʻqish davomida paydo boʻladigan boshqa barcha xarajatlarini toʻliq qoplab beradi. Dastur doirasida, odatda, magistratura kurslari va professional tayyorlov uchun 50 tadan jami 100 tagacha grant ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod jahon davlatlari aro bir-birini tushunish, qoʻllab-quvvatlash, tinchlik va hamdoʻstlikning ta’minlanishiga qiziqishi va oʻz hissasini qoʻshishni maqsad qilgan iqtidorli, salohiyatli va kuchli shaxs boʻlishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Ingliz tilidan tashqari yana bir jahon tilini bilish nomzodga saralash jarayonida ustunlik beradi.
  3. Nomzod oʻzida yuksak liderlik sifatlarini namoyon etishi kerak.
  4. Magistratura kurslariga oʻqishga kirmoqchi boʻlgan nomzodlar bakalavr diplomiga va dastur mavzusiga aloqador faoliyatda kamida 3 yillik koʻngilli mehnat (volunteering) yoki ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Professional tayyorlov kurslari uchun nomzod 5 yillik ish tajribasi yoki volontyorlik mehnat tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  6. Dastur tarkibidagi kurslarga qabul uchun boshqa talablar bilan tanishish uchun kurslar oʻqitiladigan universitet sahifalariga tashrif buyurib, talablar bilan tanishing. Nomzod Rotary Peace Fellowship dasturiga qabul uchun alohida, oʻqitiladigan kurslar uchun alohida hujjat topshirishi kerak. Odatda grant yutib olgandan keyin magistratura yoki tayyorlov kursining oʻziga ham hujjat topshirish kerak boʻladi.
  7. Rotary fondiga aloqador shaxslar bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil fevraldan 31-maygacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Rotary fondining dunyo boʻylab koʻplab Tinchlik Markazlari bor. Dasturga nomzodlarni shu markazlar tavsiya qilishi kerak.
  2. Shuning uchun shu yerda berilgan roʻyxatdan Oʻzbekistonga eng yaqin joylashgan markaz(lar)ni tanlab, ularga oʻzingiz haqingizda ma’lumot berilgan email joʻnatishingiz kerak.
  3. Shu sahifaning oʻzida ularga email yozish uchun matn berilgan boʻladi. Emailda markaz nomzodni tavsiya qila oladimi yoki yoʻq soʻralishi kerak. Agar markaz nomzodni qabul qilmasa boshqa markazga murojaat qilish zarur. Ariza berishda markazlar tomonidan tavsiya etilish majburiy hisoblanadi. Fondga qarashli tinchlik markazlarining bir nechtasiga email yozish mumkin. Ular nomzodni qabul qilishlarini ma’lum qilishsa, ariza berishdagi keyingi qadamlarni ham koʻrsatishadi.
  4. Nomzod markaz tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi.
  5. Tinchlik markazi topish bilan muammoga duch kelsangiz, rotarypeacecenters@rotary.org elektron manziliga murojaat qiling (15-maygacha).

Markazlar nomzodlarni 1-iyulgacha koʻrsatadi, lekin nomzodning oʻzi 2021-yil, 31-maygacha alohida ariza berib dastur uchun roʻyxatdan oʻtishi ham kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV/resume.
  2. Insho hajmi 300-500 soʻz boʻlish va unda nomzodning tinchlik va nizolarni bartaraf etish va oldini olish harakatlariga qiziqishini koʻrsatishini koʻrsatishi kerak.
  3. Ikkita tavsiyanoma.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Baholar/diplom ilovasi.
  6. Til sertifikati (IELTS yoki TOEFL). Til bilish darajasiga talab turli universitetlarda turlicha. Bu haqida shu yerda batafsil tanishing.
  7. GRE testi sertifikati (Faqat Duke Universiteti uchun).
  8. District endorsement (tinchlik markazi tomonidan tasdiqlangan nomzodlik).

Ariza toʻldirish haqidagi ma’lumotlar chiqishni unutmang.

Ma’lumot uchun: rotarypeacecenters@rotary.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!