×

Buyuk Britaniya: Yosh Dizaynerlar Tanlovi: mukofot – Rolls-Royce Phantom avtomobilida sayohat va sertifikat!


Grant

MUHLAT

18.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1870 marta

Rolls-Royce Motor Cars kompaniyasi yosh dizaynerlar uchun Rolls-Royce Young Designer Competition rasmlar tanlovini eʻlon qiladi. Tanlovda dunyoning barcha mamlakatlaridan 16 yoshgacha bo’lgan yosh dizaynerlar o’zlarining kelajakdagi Rolls-Royce avtomobili versiyalari tasvirlangan rasmlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Musobaqaning maqsadi dunyoning turli burchaklaridagi bolalarga ijodiy imkoniyatlarini ochib berish va tasavvur qilish uchun imkoniyat berishdan iborat. Shuningdek, kompaniya tanlov bolalarni hozirgi oʻz-oʻzini izolyatsiyalash sharoitida dunyoning ko’plab mamlakatlari tomonidan qabul qilinadigan ijtimoiy ta’sir choralaridan chalgʻitishiga umid qiladi.

Maʻlumot uchun: Rolls-Royce dunyodagi eng antiqa avtomobillarni loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.

Grant kimlar uchun?

Yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda yakunida gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

Mutloq gʻolib1 nafar eng yaxshi loyiha egasi Rolls-Royce Motor Cars dizaynerlari tomonidan yaratilgan, o’zi yaratgan dizayn loyihasining raqamli illyustratsiyasi hamda oʻqish boshlanishining birinchi kunida eng yaqin do’sti bilan birga shaxsiy haydovchisi boʻlgan Rolls-Royce Phantom avtomobilida maktabgacha hashamatli sayohatga ega bo’ladi.

Barcha finalistlarga Rolls-Royce Motor Cars kompaniyasining ijrochi direktori Torsten Myuller Otvosom tomonidan imzolangan sertifikat beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarg amos bo’lishi kerak:

  1. Nozod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin.
  2. Tanlovda 16 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Tanlovga Rolls-Royce`ning kelajakdagi modellari aks etgan rasmlar yuborilishi kerak.
  4. Yuboriladigan rasmlarning miqdori chegaralanmagan. Ammo har bir loyiha uchun alohida ariza toʻldirilishi zarur.
  5. Arizalar nomzodning ota-onasi/vasiysi tomonidan toʻldirilishi talab etiladi.
  6. Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodning shaxsiy maʻlumotlari va dizaynerlik ishi yuklangan onlayn ariza 2020-yil 18-maygacha topshirilishi kerak. Rasmlar JPG, JPEG, GIF yoki PNG formatida, 25 MB dan katta boʻlmagan hajmda boʻlishi talab etiladi.

Tanlovga yuboriladigan rasmlarning miqdori chegaralanmagan. Ammo har bir loyiha uchun alohida ariza toʻldirilishi zarur.

Hujjatlarga qo’yilgan talablar:

Tanlov haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan topishingiz mumkin

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!