×

Buyuk Britaniya: Yoshlar uchun 2 kunlik konferensiya; to’liq va qisman grantlar; joy – 60 ta!


Grant

MUHLAT

03.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3612 marta

Thomson Reuters Foundation  jamg’armasi tomonidan tashkillashtirilayotgan Trust Conference barcha inson huquqlarini himoya qilish sohasi hodimlarini navbatdagi konferensiyasida qatnashishga taklif etadi. Konferensiya 2019-yil 13-14 noyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo’lib o’tadi. Konferensiyaning birinchi kuni “Qullikka qarshi kurash” va ikkinchi kuni “Inson huquqlarini himoyalash” mavzulariga bag’ishlanadi (batafsil ma’lumot). Konferensiyada qatnashish istagidagi, rivojlangan mamlakatlardan bo’lgan, inson huquqlarini himoyalash sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat-notijorat tashkilotlar, korporatsiyalar rahbarlari, advokat/huquqshunoslar, davlat xizmatchilari va xayriya tashkilotlari hodilmlariga The Trust Conference Changemakers Programme dasturi turli grantlar taqdim etadi. Grant joriy yilda turli mamlakatlardan bo’lgan 60 nafar ishtirokchiga stipendiyalar ajratishni rejalashtirgan. Konferensiya nihoyasiga yetgach, barcha ishtirokchilar ona yurtlariga qaytib, orttirgan tajribalari bilan mamlakatlari rivojiga hissa qo’shishlari nazarda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Inson huquqlarini himoya qilish sohasi xodimlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada qatnashish uchun chiptalar qiymati qatnashchilarning maqomiga qarab 445 – 956 funt sterlingni (taxminan 580-1 230 AQSh dollari) tashkil etadi. Chipta narxi talabalar uchun 195 funt sterlinggacha (taxminan 254 AQSh dollari) pasaytirilgan.

Narxlarga 20 % miqdoridagi VAT solig’i qo’shiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

The Trust Conference Changemakers Programme dasturi g’oliblariga uch turdagi stipendiyalar ajratiladi:

  1. Bepul chipta – faqat bepul qatnashish huquqini beradi.
  2. Qisman grant – bepul chipta va safar, turar joy xarajatlari uchun 750 funt sterling (tahminan 978 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’.
  3. To’liq gant – bepul chipta va safar, turar joy xarajatlari uchun 1 250 funt sterling (taxminan 1 630 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’.

Grantning manfaatli jihatlari haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Talablar:

The Trust Conference Changemakers Programme grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi zarur:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod 18 yoshdan katta bo’lishi kerak.
  3. Nimzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur.
  4. Konferensiyadagi ishtiroki o’zi ishlayotgan soha va jamiyatdagi muammolarni ijobiy tomonga o’zgarishiga sabab bo’lishini ko’rsatib bergan nomzodlarga va rivojlanayotgan davlat fuqarolariga ustunlik beriladi.
  5. Avval bu dastur bo’yicha stipendiya olmagan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  6. Nomzod inson huquqlarini himoyalash sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat-notijorat tashkilotlar, korporatsiyalar rahbarlari, advokat/huquqshunoslar, davlat xizmatchilari yoki xayriya tashkilotlari hodimi bo’lishi kerak.
  7. Nomzod qullikka qarshi kurash, ayollar huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, qochoqlarni qo’llab-quvvatlash va boshqa inson huquqlari sohalarida bevosita faoliyat olib borishi zarur.
  8. Nomzod o’z jamiyatining faol a’zosi bo’lishi kerak

Ishtirokchilarga qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

The Trust Conference Changemakers Programme grant dasturida qatnashish uchun onlayn ariza topshirish yetarli bo’ldi. Arizalar 2019-yilning 3-mayidan kechiktirmasdan topshirilishi zarur. Natijalar 2019-yil iyun oyida ma’lum qilinadi. Saralash bosqichi g’oliblaridan skype orqali suhbatdan o’tishlari so’ralishi mumkin.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tahsin Ahmed

Tel: +44 207 542 7535

Email: tahsin.ahmed@thomsonreuters.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!