×

Buyuk Britaniya: yozgi maktab uchun 1500 funt sterling grant!


Grant

MUHLAT

12.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4262 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan King’s College London oliygohida bo’lib o’tadigan bir qator yozgi maktablar uchun e’lon qilingan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi maktablar oliygohlarning bakalavr bosqichi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ular Madaniyat va San’at, Biznes, Huquqshunoslik va Sog’liqni Saqlash kabi mavzularda bo’ladi. 2019-yilgi yozgi maktablar ikki mavsumda bo’ladi:

1-mavsum: 2-20 iyul kunlari

2-mavsum: 23-iyul – 30-avgust kunlari

Yozgi maktablarda bo’ladigan kurslar quyidagicha:

1-mavsum:

  1. London & Film
  2. Media, Gender & Culture
  3. Museum of London: Curating the City
  4. Wonderland: 100 Years of Children’s Literature
  5. International Relations
  6. Profiling & Psychology of Terrorism
  7. War & Diplomacy
  8. Global Health & Social Justice
  9. Human Anatomy & Physiology
  10. Public Health
  11. Applied Maths
  12. International Commercial Law
  13. International Human Rights Law
  14. International Business
  15. Ancient Greek (Beginners)
  16. Latin (Beginners)

2-mavsum:

  1. Jane Austen’s England
  2. Literature in the City
  3. London & Film
  4. Theatrical London
  5. Secrets & Spies: Modern Espionage & Intelligence
  6. Crime Scene & Forensic Science
  7. Healthcare & Technology
  8. Engineering
  9. Criminology & Criminal Justice
  10. International Commercial Law
  11. Understanding the Common Law
  12. International Business
  13. Ancient Greek (Intermediate)
  14. Latin (Intermediate)

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktab uchun 8 nafar qatnashchiga grant ajratilgan. Grant yutib olgan talaba yozgi maktabda o’zi tanlagan kursga bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi (bir kursda qatnashish to’lovi 1500 funt sterlingni tashkil qiladi, qatnashchilar kursga grantsiz ham qatnashishlari mumkin).

Talablar:

Yozgi kurslarga va grantga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod oliygohda bakalavr bosqichi talabasi bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari kamida 80%ni tashkil qilishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. kursga qabul uchun kamida B2 darajadagi ingliz tili talab etiladi. Til bilish darajasini dunyo miqiyosida tan olingan (IELTS, TOEFL va hkz.) turli test natijalari orqali isbotlash mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza berish shart emas. Yozgi maktab kurslariga hujjat topshirish yetarli, barcha nomzodlar grant uchun nomzodlikka qo’yiladilar va eng munosib deb topilganlarga grant belgilanadi.

Grantga ariza berishda baholar, ingliz tili testi sertifikati va shaxsiy bayonot (personal statement) topshirish kerak. Hujjat topshirishdan oldin nomzod “Why does London matter to the world in 2019” savoliga javob tariqasida video tayyorlashi kerak. Videoing davomiyligi uzog’i bilan ikki yarim daqiqa bo’lishi mumkin. Videolarga ijodiy yondashuv saralash jarayonida inobatga olinmaydi, shuning uchun videolarni sodda qilib tayyorlash va mobil telefonlardan ham foydalanish mumkin. Videoni tayyorlagach Dropbox onlayn xotira tizimiga joylash va dropboxga tushgan videoga havla (link)ni shaxsiy bayonotning tepasiga yozib qo’yish kerak. hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda tanishing.

Grant haqida qo’shimcha ma’lumot

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!