×

Buyuk Britaniyada bakalavr: sportchilar uchun universitet jamoasiga a’zo bo’lish, bepul jismoniy tayyorgarlik xizmatlaridan foydalanish va o’qish to’loviga chegirma


Grant

MUHLAT

01.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

922 marta

Buyuk Britaniyada (Uels) joylashgan Cardiff Metropolitan University bakalavr kurslariga qabul qilingan iqtidorli sportchilar uchun beriladigan Elite Sport Scholar Award grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan istalgan bakalavr kurslarida o’qish uchun berilishi mumkin. Grant dasturidan maqsad Buyuk Britaniya oliygohlari aro o’tkaziladigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun salohiyati yetarli va iqtidorli talabalarni kashf qilish va qo’llab-quvvatlash. Barcha bakalavr kurslari ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchi sportchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan talabaga umumiy qiymati taxminan 5000 funt sterlingga teng bo’lgan quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Talaba o’qishga kirgan dastur uchun o’qish to’loviga 1000 funt sterling chegirma;
  • Universitetdagi yuqori darajadagi sport qulayliklaridan foydalanish imkoniyati;
  • Sport murabbiylari tomonidan jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlari;
  • Ovqatlanish, psixologiya, fiziologiya va biomexanika kabi sportga aloqador fanlardan qo’shimcha mashg’ulot va qo’llab-quvvatlash;
  • Sport uchun kerakli tibbiy ta’minot (fizioterapiya massajni kiritilgan);
  • Yoga va jismoniy qayta tiklanish uchun foydali boshqa mashg’ulotlar;
  • Sport mashg’ulot va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun kerakli tayyorgarlik.

Talablar:

  • Nomzod Cardiff Metropolitan University’da o’qitiladigan istalgan bakalavr kursiga o’qishga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi/topshirishi kerak.
  • Nomzod o’qishga qabul qilingach, Buyuk Britaniya ta’lim muassasalari uchun sport musobaqalarida ishtirok etishi kerak bo’ladi.
  • Nomzod xalqaro darajadagi sport mashg’ulotlari (musobaqalari)da ishtirok etayotgan bo’lishi, yoki o’z sport yo’nalishi bo’yicha eng yuqori darajada uchun harakat qilayotgan bo’lishi kerak (milliy, xalqaro, havaskor yoki professional darajalar kabi).
  • Nomzod universitet sport murabbiyi tomonidan tavsiya etilishi kerak (ariza topshirgan nomzodlarning arizalarini ko’rib chiqish orqali amalga oshiriladi).
  • Bakalavr kursiga qabul uchun: nomzod maktab/kollej/litsey shahodatnomasi yoki diplomiga ega bo’lishi, baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan kurs yo’nalishiga yaqin fanlardan yuqori baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL IBT 72 talab etiladi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Grantga ariza topshirishdan oldin Cardiff Metropolitan University bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirish va qabul qilinish kerak. Bakalavr kursiga ariza topshirish yo’riqnomasi
  2. Bakalavr kursiga hujjat topshirgach, grant uchun arizani 2020-yil 1-avgustgacha berish mumkin. Arizalar bu yerda topshirilishi mumkin.

Murojaat uchun orodgers@cardiffmet.ac.uk elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

Dastur haqida berilgan savol va ularning javoblari

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!