×

Buyuk Britaniyada magistraturada o’qish uchun Chivning dasturi!


Grant

MUHLAT

08.11.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

891 marta

Chivning grant dasturi Birlashgan Qirollikda bir yil magistratura dasturida o’qish imkoniyatini beradi. Dastur kelajak liderlari uchun mo’ljallangan bo’lib, nomzodlar Birlashgan Qirollik universitetlarida o’qib, o’z sohalari bo’yicha yetakchilarga aylanish uchun bilim va ko’nikmalar olishadi.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRNI BITIRGAN VA 2 YIL ISH TAJRIBAGA EGA SHAXSLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar dastur tomonidan to’liq qoplanadi.

Talablar:

Kim uchun:

  • O’zbekiston fuqarosi va dastur tugagandan so’ng o’z davlatiga qaytish niyatida bo’lgan;
  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Kamida ikki yil ish tajribasiga ega (tajriba volontyorlik, maoshli yoki maoshsiz amaliyot bo’lishi ham mumkin);
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan – IELTS dan kamida 6.5 yoki TOEFL iBT dan kamdia 79 ballga ega (Test natijalarini ariza topshirgandan so’ng, 2016-iyul iyulgacha topshirish mumkin; to’liq shartlari haqida SHU YERDA o’qing);
  • Birlashgan Qirollikdagi kamida uchta universitetga hujjat topshirgan va kamida bittasidan qabul qilingan;
  • Ikkita tavsiyanoma xatiga ega;
  • Muqaddam Birlashgan Qirollikda o’qimagan yoki Birlashgan Qirollik homiylik qilgan dasturda ishtirok etmagan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Dasturga arizalar 2016-yil 8-avgustdan  8-noyabrgacha qabul qilinadi. Ariza internet orqali SHU YERDA  topshiriladi. Grant dasturiga ariza topshirish bilan bir vaqtning o’zida arizachilardan Birlashgan Qirollikdagi o’zlari o’qishni istagan universitetlarga 2016-yilning sentabr-oktabr oylarida boshlanadigan semestr uchun hujjat topshirishlari so’raladi.

Arizaning hujjat topshirish bosqichidan o’tgan nomzodlar O’zbekistondagi Britaniya Kengashida intervyudan o’tadi. Intervyular 2016-yilning fevral-aprel oylarida bo’lib o’tadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!