Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Margaret Munn-Rankin Fund for Assyriology dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-2020-o`quv yilida arxeologiya bo`limida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda o`qishni istagan talabalar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. Grant quyidagi yo`nalishlarda tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi:
- Mesopotamia
- Assyriology
- Archaeology
Grant kimlar uchun?
Bakalavrdan keyingi bosqichlarda oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba University of Cambridge MPhil kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga 24 960 funt-sterling kontrakt to`laydi.
Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomida har yilga 4 000 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi uchun pul beriladi.
Grant nomzodning boshqa xarajatlarini to`lamaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod Cambridge universitetining arxeologiya bo`yicha MPhil yoki PhD kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod arxeologiya sohasida tadqiqot olib borishga tayyor bo`lishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 1-mayga qadar qabul qilinadi.
Grantga va o`qishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Qadimgi Messopotamiya mavzusi bo`yicha tadqiqot olib borishni tejalashtirgan hamma nomzodlar grantga da’vogar hizoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish shart emas.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni topamiz.
- Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni o`rganib chiqamiz.
- Study(active tab) bo`limida o`qish talablari ko`rsatilgan.
- Requirements bo`limida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
- Finance bo`limida esa to`lovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
- How To Apply bo`limiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqamiz. Sahifada topshiriladigan hujjatlar ro`yxati ham berilgan.
- Sahifaning yuqori o`ng ratafidagi Apply Now yozuvini bosamiz va ariza topshiramiz. Arizaga so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.
Hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/rezume.
- Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
- Reserch proposal.
O`qish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA:
Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Natijalar 2019-yil 31-mayda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: administrator@arch.cam.ac.uk