×

Cambridge: Arxeologiya sohasi uchun 4000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2136 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Margaret Munn-Rankin Fund for Assyriology dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-2020-o`quv yilida arxeologiya bo`limida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda o`qishni istagan talabalar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. Grant quyidagi yo`nalishlarda tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi:

  • Mesopotamia
  • Assyriology
  • Archaeology

Grant kimlar uchun?

Bakalavrdan keyingi bosqichlarda oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge MPhil kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga 24 960 funt-sterling kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yil davomida har yilga 4 000 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi uchun pul beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini to`lamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining arxeologiya bo`yicha MPhil yoki PhD kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod arxeologiya sohasida tadqiqot olib borishga tayyor bo`lishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-mayga qadar qabul qilinadi.

Grantga va o`qishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Qadimgi Messopotamiya mavzusi bo`yicha tadqiqot olib borishni tejalashtirgan hamma nomzodlar grantga da’vogar hizoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish shart emas.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni topamiz.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni o`rganib chiqamiz.
  3. Study(active tab) bo`limida o`qish talablari ko`rsatilgan.
  4. Requirements bo`limida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance bo`limida esa to`lovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply bo`limiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqamiz. Sahifada topshiriladigan hujjatlar ro`yxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori o`ng ratafidagi Apply Now yozuvini bosamiz va ariza topshiramiz. Arizaga so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

O`qish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA:

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar 2019-yil 31-mayda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: administrator@arch.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!