×

Cambridge: MPhil kursi uchun 5000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

28.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1349 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Simón Bolívar Bursaries dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-2020-o`quv yilida MPhil in Latin American Studies yo`nalishidagi bakalavriatdan keyingi bosqichlarda o`qishni istagan talabalar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya bir yilga beriladi. Grant quyidagi fakultetlarga o`qishga kirgan nomzodlarga beriladi:

  • School of Humanities and Social Sciences
  • Faculty of Economics
  • Faculty of Education
  • Faculty of History
  • Department of History and Philosophy of Science
  • Faculty of Human, Social and Political Sciences
  • Department of Archaeology
  • McDonald Institute for Archaeological Research
  • Department of Social Anthropology
  • Department of Politics and International Studies
  • Centre of African Studies
  • Centre of Development Studies
  • Centre of Latin American Studies
  • Centre of South Asian Studies
  • Centre for Gender Studies
  • Department of Sociology
  • Department of Land Economy
  • Faculty of Law
  • Institute of Criminology
  • Lauterpacht Centre for International Law.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrdan keyingi bosqichlarda oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge MPhil in Latin American Studies kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 24 960 funt-sterling kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil davomida 5 000 funt-sterlinggacha miqdorida kontrakt toʻlovi yoki boshqa xarajatlar uchun pul beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini to`lamaydi. Kontraktning qolgan qismi hamda yashash uchun sarflarni nomzodning o`zi to`laydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining MPhil in Latin American Studies kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borish tayyor bo`lishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 28-iyunga qadar qabul qilinadi.

Grantga va o`qishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Shuning uchun universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Lotin Amerikasi bo`yicha tadqiqot olib borishni rejalashtirgan hamma nomzodlar grantga da’vogar hizoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish shart emas.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Rasmiy qidiruv sahifasiga kiramiz. U yerdan kerakli kursni topamiz.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni o`rganib chiqamiz.
  3. Study(active tab) bo`limida o`qish talablari ko`rsatilgan.
  4. Requirements bo`limida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance bo`limida esa to`lovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply bo`limiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqamiz. Sahifada topshiriladigan hujjatlar ro`yxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori o`ng ratafidagi Apply Now yozuvini bosamiz va ariza topshiramiz. Arizaga so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Reserch proposal.
  4. CV/rezume.
  5. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

O`qish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA:

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar 2019-yil 28-iyundan keyin qisqa vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: admin@latin-american.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!