×

Kanada: bakalavriatda matematika fakultetida o’qish uchun 25000 Kanada dollargacha grant


Grant

MUHLAT

04.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

2746 marta

Kanadada joylashgan Waterloo Universiteti matematika fakulteti Mathematics Global Scholarship  grantlar dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Moddiy ta’minot grantlari matematika fakultetidagi barcha bakalalavr kurslari (Software Engineering and Computing va Financial Management yo’nalishlaridan tashqari) uchun ajratilgan bo’lib, har yili o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli chet ellik talabalarga beriladi. Har yili ajratiladigan grantlar soni 10 nafar atrofida. Grantning maqsadi qobiliyatli talabalarning Waterloo universitetida o’qishini yengillashtirish. Grantlarni quyidagi kurslar uchun yutib olish mumkin:

  • Business Administration (Laurier) and Computer Science (Waterloo) – qo’shma dastur;
  • Business Administration (Laurier) and Mathematics (Waterloo) – qo’shma dastur;
  • Honours Mathematics;
  • Mathematics/Financial Analysis and Risk Management;
  • Computer Science, Mathematics;
  • Business Administration;
  • Mathematics/Chartered professional Accountancy

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan talabaga 12000-25000 Kanada dollari miqdorida grant mablag’ 8 semestr davomida bo’lib-bo’lib to’lab boriladi. Grantlar avvaliga birinchi o’quv yili uchun beriladi, agar talaba o’qish davomida 80% natija ko’rsatsa, grant keyingi yillarda ham to’lanadi.

Matematika fakultetidagi bakalavr kurslari kontrakt to’lovlari miqdorlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

Grantlar Waterloo universitetiga o’qishga qabul qilingan qobiliyatli, a’lochi va kuchli akademik imkoniyatlarga ega nomzodlarga beriladi. Universitetga qabul talablari quyidagicha:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, undan IELTS’dan kamida 7.0, TOEFL’dan kamida 100 ballga ega bo’lish talab qilinadi.
  2. Nozmod yuqori maktab, litsey yoki kollejni bitirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod yaxshi va a’lo baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod Kanada fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  5. Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan kursning qo’shimcha talablariga ham mos bo’lishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga hujjat topshirish uchun avval Waterloo universitetiga hujjat topshirish kerak. Hujjat topshirishda nozmod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo’ladi:

  1. Admission Information Form
  2. Baholar va nomzod o’qigan kurslar haqida ma’lumot

Hujjatlar dekabr va mart oylari oralig’ida qabul qilinadi. Hujjat topshirishning so’nggi muhlatlari turli kurslarda turlicha, barcha kurslar uchun hujjat topshirish muddatlari haqida ma’lumotlar bu yerda.

Hujjat topshirish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni mahsus qabul sahifasidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!