×

Kanada: haq to’lanadigan yozgi amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

04.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

6276 marta

Kanadaning Toronto shahrida joylashgan Lunenfeld-Tanenbaum Research Institute yosh tadqiqotchi talabalarga yoz davomida o’zining labaratoriyasida ishlash imkoniyatini taklif etmoqda. Dasturga qabul qilingan talabalar yozning 3 oyi mobaynida tadqiqot instituti labaratoriyasida o’zlari tanlagan yo’nalish bo’yicha briktirilgan rahbar boshchiligida tadqiqot olib boradilar va qimmatli tajriba orttiradilar. Tadqiqorlar asosan tabiiy fanlar va tibbiyot sohasida olib boriladi. Tadqiqot yo’nalishlari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul qilingan talabalar tahminan may oyining o’rtalaridan avgust oyining o’rtalarigacha tadqiqot olib borishalari va haftasiga 37,5 soat ishlashlari kerak bo’ladi. Amaliyot yakunida o’tkaziladigan taqdimot uchun barcha amaliyotchilar o’zlari erishgan natijalar haqida prezentatsiya ham tayyorlashlari zarur.

Grant kimlar uchun?

Balalavr bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturi to’liq stavkada (haftasiga 37,5 soat) 3 oy mobaynida olib boriladi. Tadqiqotchi talabalarga soatiga 14 AQSh dollari miqdorida stipendiya to’lanadi va stipendiyaga qo’shimcha tarzda 4 foizlik ta’til to’lovi ham beriladi. Ushbu dasturga yiliga 400dan ortiq arizalar kelib tushadi va ularning 65tasi Lunenfeld-Tanenbaum Research Instituteda tadqiqot olib borishga muvaffaq bo’ladilar.

Talablar:

Dasturda qatnashish uchun 2019-yilning 4-martigacha ariza topshirilishi zarur. Saralash bosqichining alohida tartibi mavjud emas. Har bir yetakchi tadqiqotchi olim o’ziga ma’qul bo’lgan talabani topshirilgan CV va hujjatlariga ko’ra yordamchi qilib tanlab oladi. Shuni hisobga olgan holda, nomzod o’z arizasini topshirganidan so’ng o’zi birga ishlashni istagan olim bilan bog’lanishi mumkin. Dasturga qabul butun mavsum davomida tinimsiz olib boriladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarga may oyining o’rtasigacha javob xati yuboriladi. Arizalar sonining ko’pligini hisobga olgan holda javob xatlari faqat go’lib amaliyotchilargagina jo’natiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar

  • Ariza. Amaliyot dasturiga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.
  • Resume yoki CV. Unda doimiy yoki vaqtincha yashash manzili ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
  • Biriktirilgan xat (cover letter). Unda nomzod qiziqadigan yo’nalish(lar) va u birga ishlashni afzal ko’radigan uchta tadqiqotchi olim ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Tadqiqotchilar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
  • Reyting daftarchasi (zachetka)dagi baholardan ko’chirma. (Oddiy onlayn ko’rinishdagi nusxasi yetarli).
  • Nomzod o’qiydigan oliygohdagi tavsiyanoma bera oladigan o’qituvchilardan ikkitasining kontakt raqamlari. (Tavsiyanoma talab qilinmaydi. Nomzod dasturga qabul qilingach, tadqiqot institutining o’zi tavsiya beruvchi bilan bog’lanadi)
  • Dasturga qabul qilingan talabalar amaliyot boshlanishidan kamida 1 hafta oldin “Staff Immunization and Surveillance Policy Information Sheet”’ni to’ldirib institutga qaqdim etishlari shart. Hujjat talabaning sog’lig’i va immunitetining holati haqida ma’lumot beradigan hujjat hisoblanib, u shifokor tomonidan to’ldirilishi kerak.

Hujjatlar faks orqali 416-586-8857 raqamiga yoki todoroff@lunenfeld.ca manziliga jo’natilishi kerak. Mazkur hujjatning o’z vaqtida taqdim etilmasligi amaliyot boshlanishining kechikishiga olib keladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun todoroff@lunenfeld.ca elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!