×

Kanada: Bakalavriat uchun 20 ming Kanada dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

6581 marta

Kanadada joylashgan Concordia University of Edmonton (CUE) universiteti 2019 – yilgi bakalavr kurslari uchun ajratilgan  CUE University Entrance Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi doirasida quyidagi bakalavr kurslari uchun grant ajratilishi rejalashtirilgan:

  • Arts (San’at)
  • Management (Boshqaruv)
  • Science (Fan)

Grantlar a’lochi va iqtidorli talabalar uchun ajratilgan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab- quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

CUE University Entrance Scholarship dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga uning O’rta mahsus ta’lim muassasasidagi o’rtacha baholari hisobga olingan holda 20 ming Kanada dollarigacha (taxminan 15 ming 520 AQSh dollari) bo’lgan miqdorda grant beriladi.

CUE University Entrance Scholarship darajalari
O’rtacha baho Yillik grant miqdori                                     4 Yillik grant miqdori
95% yoki baland $5,000 $20,000
90% – 94.9% $3,750 $15,000
85% – 89.9% $2,000 $8,000
80% – 84.9% $1,500 $6,000
75% – 79.9% $1,000 $4,000

 

Universitetdagi turli kurslar uchun kontrakt to’lovi miqdorlari bu yerda batafsil ko’rsatilgan.

Talablar:

CUE University Entrance Scholarship dasturi quyidagi talablarga eng mos talabalarga ajratiladi :

  • Nomzod CUE ning belgilangan bakalavr kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak va bakalavr kurslarining qabul talablariga to’liq mos bo’lishi zarur.
  • Nomzod universitetning faqatgina Arts, Management yoki Science yo’nalishlaridan biriga ro’yhatdan o’tgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod bir semester uchun kamida 120 credit uchun ro’yhatdan o’tgan bo’lishi kerak, aks holda grant bekor qilinadi.
  • Nomzodning yuqori maktabda yaxshi baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  • CUE universiteti bakalavr kurslariga o’qishga kirish uchun esa boshqa talablarga mos bo’lish bilan bir qatorda ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzoddan TOEFL IBT’dan kamida 80, TOEFL PBT’dan kamida 560 va IELTS’dan kamida 6 ball olganlik talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

CUE University Entrance Scholarship dasturiga alohida ro’yhatdan o’tish talab qilinmaydi. Grantga mos talabalar 2019-yiling 1-apreliga  qadar ro’yxatdan o’tib Concordia University of Edmonton (CUE) universitetiga qabul qilinganlar orasidan o’rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o’rtacha baholari asosida saralanib olinadi.  Grant dasturiga tanlab olingan eng munosib talabalarga grant bilan ta’minlanishi haqida ogohlantiriluvchi xat yuboriladi.

CUE bakalavr kurslari uchun hujjatlar taxminan 1-maygacha qabul qilinadi. Grant uchun ariza bermoqchi bo’lsangiz, avvaliga bakalavr kursiga hujjat topshirish haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Ma’lumot uchun finaid@concordia.ab.ca elektron manzili yoki 780-479-9220 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!