×

Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilari uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!


Grant

MUHLAT

06.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

32201 marta

Kanada/AQSH matematika oromgohi – bu 5 haftalik intensiv yozgi dastur boʻlib, oʻquvchilarga ilgʻor matematik gʻoyalarning goʻzalligini va yangi fikrlash usullarini ochib berishga moʻljallangan.

Dastur davomida ishtirokchilar xalqaro darajadagi tadqiqotchilar hamda magistratura va doktorantura talabalari ishtirokidagi mashgʻulotlar orqali matematikaga oid bilim va koʻnikmalarini oshiradi.

Bu yilgi oromgoh mashgʻulotlari 2024-yil 30-iyundan 4-avgustgacha AQSHning Burlington shahridagi University of Puget Sound oliygohida boʻlib oʻtadi.

Dastur nomi Kanada/AQSH matematika oromgohi boʻlsa-da, butun dunyodan 13-18 yoshli maktab, kollej va litsey oʻquvchilari ariza topshirishi mumkin. Jumladan, har yili bu dasturga qabul qilinganlarning 10-15% qismini Kanada va AQSHdan boshqa davlatlardan kelgan oʻquvchilar tashkil qiladi.

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Dasturga qatnashish pullik, lekin qabul qilinganlarning moliyaviy holatiga qarab, qisqam yoki toʻliq moliyaviy yordam ajratiladi. Jumladan, har yili ishtirokchilarga oʻrtacha 150 ming AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam ajratiladi. Odatda yillik oilaviy daromadi 100 ming dollardan kam boʻlgan AQSH va Kanadlik ishtirokchilar dastur haqini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi. Lekin xorijlik ishtirokchilarga koʻrsatiladigan moliyaviy yorda miqdori aynan shu raqamlar asosida belgilanmaydi (har bor ishtirokchining moliyaviy holati hosobga olinadi).

Jumladan, dasturga qatnashish haqi 5500 AQSH dollari. Bu toʻlov quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Oʻquv mashgʻulotlari haqi
  • Turar joy
  • Oziq-ovqat
  • Barcha qoʻshimcha mashgʻulotlar
  • Burlington xalqaro aeroportidan oromgohga borish va kelish xarajatlari

Dasturga ariza topshirish bepul.

Grant kimlar uchun?

13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilarning moliyaviy holatidan kelib chiqib, ularga quyidagi turdagi moliyaviy yordam taklif qilinadi:

  • 1-turdagi yordam: Ishtirokchi dasturga qatnashish haqida toʻliq ozod etilishi, shuningdek, AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi, kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.
  • 2-turdagi yordam: Ishtirokchi dasturga qatnashish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
  • 3-turdagi yordam: Ishtirokchi dasturga qatnashish toʻlovining 50% qismidan ozod etiladi.
  • 4-turdagi yordam: Ishtirokchi dasturga qatnashish toʻlovining 25% qismidan ozod etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan mamlakat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • 13-18 yoshli maktab, kollej va litsey oʻquvchilari ariza topshira oladi (yaʼni nomzdolar 2005-yil 4-avgust va 2011-yil 30-iyun oraligʻida tugʻilgan boʻlishi lozim).
  • Nomzodlar oʻrta maktab darajasidagi algebra, geometriya, trigonometriya, logarifmlar bilan yaxshi tanish boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini darslarni tushunadigan, yozma va ogʻzaki muloqot qila oladigan darajada bilish lozim. Lekin qabul jarayonida til sertifikatini (IELTS, TOEFL v h.k.) topshirish talab etilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 6-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizalarni BU YERDA topshirish mumkin. (ariza topshirishdan oldin BU YERDA hisob (account) ochish lozim).

Ariza shakli quyidagilardan iborat:

  1. Nomzod haqida asosiy maʼlumotlar va kontakt maʼlumotlari.
  2. Nomzodning oʻqishi va matematikaga oid tarixi haqida ayrim maʼlumotlar.
  3. Nega bu oromgohga qatnashishni xohlashingiz, oʻzingiz va matematikaga qiziqishingiz haqida shaxsiy insho.
  4. Saralash bosqichi uchun moʻljallangan topshiriqlar. Nomzodlardan shu topshiriqlarni (mashqlarni) yechish soʻraladi.
  5. Nomzod va uning matematikaga oid koʻnikmalari haqida maʼlumotga ega bitta tavsiya beruvchi shaxsning kontakt maʼlumotlari. Tavsiya beruvchi kim boʻlishi mumkinligi haqida BU YERDA batafsil tanishing.
  6. Moliyaviy yordam uchun ariza. Moliyaviy yordam olmasdan, oʻz hisobidan qatnashmoqchi boʻlganlar bu arizani toʻldirishi shart emas. Moliyaviy yordamga ariza berishingiz dasturdagi saralash jarayoniga taʼsir qilmaydi (yaʼni bunday ariza berganlar va bermaganlar bir xil asosda saralashdan oʻtkaziladi).

Yuqorida sanalganlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Qabul natijalari 2024-yil 18-aprelda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza toshirishga kirishishdan oldin tez-tez beriladigan savollarga javoblar va ariza topshirish jarayoni haqidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan tashkilotchilarga BU YERDA murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!