×

CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to’lanadigan trening!


Grant

MUHLAT

18.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

16349 marta

Germaniyada joylashgan Xalqaro munosabatlar instituti (IFA) har yili 40 dan ortiq mamlakatdan boʻlgan taxminan 120 nafar mutaxassis va volontryorlarga CrossCultura Programme (CCP) Fellowships Strenghtening Civil Societies dasturini taklif etadi. Dastur doirasida ishtirokchilar Germaniya yoki CCP hamkor davlatlaridagi mezbon tashkilotlarda 2-3 oy davomida onlayn yoki oflayn (tashkilotga borish orqali) malaka oshiradi, oʻz bilimlarini mustahkamlab, madaniyatlararo koʻnikmalarga ega boʻladi. 2024-yilgi dasturga ariza topshiruvchilar shaxsiy vaziyati va davlatlardagi COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat asosida onlayn yoki oflayn qatnashishni tanlashlari mumkin.

Grantlar asosan quyidagi 6 ta sohadan birida faoliyat yuritadigan nomzodlarga beriladi:

  • Siyosat va jamiyat
  • Inson huquqlari va tinchlik masalalari
  • Barqaror rivojlanish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi adolat
  • Media va madaniyat
  • Raqamli iqtisodiyot
  • Gender va xilma-xillik

Grant kimlar uchun?

Kamida 23 yosh bo'lgan nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Trening dasturida ishtirok etish uchun qabul qilinganlar quydagi iqtisodiy imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Dastur davomida oyiga 650 yevro stipendiya bilan taʼminlanadi (onlayn qatnashayotganlarga ham, oflayn qatnashayotganlarga ham). Agar ishtirokchi Germaniyadan boʻlsa, unda oyiga 1200 yevro stipendiya beriladi.
  • Malak oshirishga boriladigan davlatga borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Malaka oshirilayotgan shahardagi mahalliy jamoat transportidan foydalanish uchun oylik chipta xarajati qoplanadi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Viza xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi.

Talablar:

Nomzod uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Ariza topshirish vaqtida kamida 23 boʻlish lozim.
  • Ingliz tilida yaxshi yoza olish va gapira olish.
  • Oʻz davlatidagi fuqarolik jamiyati tashkilotida kamida 2 yillik ish yoki volontyorlik tajribasiga ega boʻlish.
  • Nomzod xorijda uzoqroq vaqt qolish uchun yetarli darajada sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod bormoqchi boʻlgan mamlakatdagi hamkorlik jarayonda yoki rejalashtirilgan boʻlishi kerak.
  • Talabalar ushbu dasturda qatnasha olmaydi.
  • Nomzod roʻyxati keltirilgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston roʻyxatda bor).

Dasturga qabul jarayoni:

2023-yilgi dastur uchun arizalar qabuli 2023-yil 18-dekabrgacha davm etadi. Ariza topshirish 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. IFA ariza topshirish portaliga kiriladi va ariza topshirish uchun oʻz davlatini tanlaydi. Masalan, ariza topshiruvchi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlsa, Oʻzbekistonni tanlab, ariza topshirishni boshlaydi.
  2. Ariza shakli toʻldirilib, kerakli hujjatlar yuklanadi. Ariza topshirish tizimi kiritilgan maʼlumotlarni keshda saqlamaydi, shu sababli ariza topshirish jarayonini boshlashdan oldin barcha yuklanadigan hujjatlarni shay qilib qoʻyish kerak.
  3. Toʻldirilgan va hujjatlar ilova qilingan ariza shakli topshiriladi (submit).

Notoʻliq, email orqali yuborilgan yoki qabul muddatidan kechikkan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni yuklash kerak boʻladi:

  • CV – ingliz tilida, nomzodning taʼlim, ish tajribasi, volontyorlik faoliyati va boshqa koʻnikmalari aks ettirilishi kerak.
  • Nomzodning davlatidagi ish joyi / tashkilotidan tavsiyanoma (masalan, nazoratchi /  rahbar berishi mumkin tavsiyanomani). Tavsiynoma ushbu maxsus shaklni toʻldirish orqali yoziladi.
  • Rasm yuklash majburiy emas, ixtiyoriy.

Ariza topshirilganda nomzodlarga ariza qabul qilingani haqida email yuboriladi.

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar email orqali suhbatga taklif qilinadi. Suhbat jarayonidan ham muvaffaiqyatli oʻtganlar dasturga qabul qilingan hisoblanadi. Yakuniy natijalar taxminan 2024-yil aprel-may oyida eʼlon qilinadi (qabul qilingan yoki qilinmaganlik haqida email yuboriladi).

Ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumot va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Dastur boʻyicha savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Telephone: +49 711 2225 156

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!