×

CEFF International Environmental Photography Contest and Exhibition fotosuratlar tanlovi: mukofot – 1000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

10.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1257 marta

Suratkashlar uchun CEFF International Environmental Photography Contest and Exhibition tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu fotosuratlar tanloviga atrof-muhitni muhofaza qilishni targ’ib qiluvchi fotosuratlar qabul qilinadi. Kuzatuvchini tabiatni asrashga, uning muhimligini tushunib yetishga hamda buni targ’ib qilishga unday oluvchi eng yaxshi fotosuratlar tanlov g’olibi deb e’lon qilinadi. Bunda dunyoning atrof muhitni asrab-avaylash ishlarida birgalikda harakat qilishi lozim bo’lgan turli xalqlari aks etgan suratlar muhim o’rin tutadi.

Tanlovga 13-17 yoshli va 18 yoshdan kattalar ariza yuborishlari mumkin. 13-17 yoshli ishtirokchilar yoshlar kategoriyasida ishtirok etadi va ular uchun alohida saralash bo’ladi. 18 yoshdan kattalar quyidagi mavzularda fotosurat yuborishlari mumkin:

  • Landscape (manzara)
  • Wildlife (yovvoyi tabiat)
  • Indigenous Cultures (yerli xalq)
  • Environmental Impact (atrof-muhitga ta’sir)
  • Patterns/Abstracts (shakllar/abstrakt).

Barcha 13-17 yoshli ishtirokchilarning ishlari yoshlar kategoriyasi bo’yicha qabul qilinadi va faqat Youth Award mukofoti uchun ko’rib chiqiladi.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

    • Asosiy sovrin: 1000 AQSh dollari pul mukofoti va 250 AQSh dollari qiymatiga ega BackLight 26L backpack ryukzagi.
    • 13-17 yoshlilar uchun Youth Award- 250 AQSh dollari pul mukofoti va Hunt’s Photo & Video kolleksiyasidan 500 AQSh dollari qiymatga teng mahsulotlad harid qilish uchun vaucher va 130 AQSh dollari qiymatiga ega PhotoCross 13 sling
    • Environmental Impact mavzusidagi eng yaxshi surat uchun – 350 AQSh dollari pul mukofoti.
    • Boshqa barcha mavzulardagi eng yaxshi suratlar uchun har bir mavzu bo’yicha 100 AQSh dollaridan pul mukofoti va vaucherlar beriladi. Barcha mukofotlar haqida batafsil

Pul mukofotlaridan tashqari, g’olib suratkashlarning ishlari keng ommaga kolleksiya, ko’rgazma va veb saytlar orqali taqdim etiladi va muallifga dunyoga tanilish imkonini beradi. G’olib suratlar AQShning Kolorado shtati, Denver shahrida bo’lib o’tadigan American Mountaineering Center in Golden markazi ko’rgazmasida ham namoyish qilinadi.

Talablar:

  • 13 yoshdan boshlab barcha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Professional va havaskor suratkashlarning ishlari birdek qabul qilinadi.
  • Bitta ishtirokchi istalgan sonda va istalgan yo’nalish uchun suratlar bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Topshirilgan har bir surat uchun 5 AQSh dollari to’lov qilinadi. 13-17 yoshli ishtirokchilar uchun ishtirok etish bepul.
  • Tanlovga barcha uslub, janr va jarayonlar yordamida tushirilgan suratlar qabul qilinadi. 
  • Suratning eng uzun tomoni 1280 pikseldan kam bo’lmasligi va 1920 pikseldan oshmasligi kerak.
  • Suratlar 16 x 20 dyuym (40,64 x 50,8 sm.) o’lchamda chop etishga imkon berar darajada tiniq, katta va sifatli bo’lishi lozim. 
  • Mobil qurilmalarda tushirilgan suratlar qabul qilinmaydi. Barcha qoidalar batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 10-yanvarga qadar bu yerda ariza topshiring. Suratlar .jpg yoki .tiff formatida yuklanishi, “ism_kategoriya_mavzu” ko’rinishida nomlanishi kerak. Masalan, “ranoabdullaeva_landscape_ocean” yoki “azizrustamov_youth_birds”.

Eslatma: tanlovga topshiriladigan har bir surat uchun 5 AQSh dollari registratsiya to’lovi mavjud. G’oliblar 1-fevralda e’lon qilinadi. 

Murojaat uchun photocontest@ceff.net manziliga ingliz tilida e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!