×

Central Asia Media Literacy Project : 16-22 yoshdagi media sohasiga qiziquvchilar uchun bepul onlayn kurs


Grant

MUHLAT

21.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3666 marta

Markaziy Osiyo Media savodxonlik loyihasi (Central Asia Media Literacy Project) Markaziy Osiyoning 16-22 yoshli yoshlari uchun 3 oylik media savodxonlik va jurnalistika bo’yicha bepul onlayn dastur hisoblanadi. Ishtirokchilar ishonchli ma’lumotlarni saralash, dezinformatsiya, jurnalistika, inson huquqlari va ma’lumot almashishda etika qoidalari haqida batafsil ma’lumot oladilar. Bundan tashqari, o’z loyihalarini nashr etish va o’rganganlarini o’z mamlakatidagi jamoadoshlari bilan baham ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Dastur 3 oy – 2024-yil 5-avgustdan 31-oktyabrgacha davom etadi. Barcha ishtirokchilar dasturni soxta maʼlumotlar va dezinformatsiya bo’yicha bilimlarini oshiradi, butun Markaziy Osiyodagi hamfikrlar hamjamiyatiga qo’shilib, kelajakdagi izlanishlari uchun yangi koʻnikmalarga ega boʻladi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Media sohasiga qiziquvchi 16-22 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning manfaatli jihatlari quyidagicha:

  • Dastur ishtirokchilari 3 oy davomida ushbu loyihada bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Markaziy Osiyo Media savodxonlik loyihasi jamoasi internetga kirish uchun buk-kafe, kutubxona yoki Amerika markazlariga borishi kerak boʻlgan ishtirokchilarni transport stipendiyasi (moddiy yordam) bilan taʼminlashi mumkin. Texnologik jihatdan moddiy yordamga (stipendiyaga) muhtoj nomzodlar buni arizasida koʻrsatishi kerak.
  • Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha ishtirokchilarga bitiruv sertifikati va tavsiyanomalar beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston yoki Turkmanistonning  16-22 yoshdagi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
  • Avgust oyida haftalik toʻrtta treningga, shuningdek, 2024-yil sentabr va oktyabr oylarida onlayn uchrashuvda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. 3 martadan ko’p treninglarda qatnasha olmaganlar dasturdan chetlashtiriladi.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.
  • Dastur davomida internetga kirish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirok etish uchun nomzodlar O’zbekiston vaqti bilan 2024-yil 21-iyul tonggi 8:59 ga qadar BU YERDA ariza topshirishi kerak. Ariza shaklini to’ldirishda qisqa savollarga umumiy audio orqali javob taqdim etish so’raladi. 

ESLATMA: Ariza topshirishdan avval dastur rejasi va rasmiy e’lon bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Savollar yuzasidan murojaat (ingliz tilida): camedialiteracyproject@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!