×

Central Asia Media Literacy Project : 16-22 yoshdagi media sohasiga qiziquvchilar uchun bepul onlayn kurs


Grant

MUHLAT

17.05.2026

QOLGAN VAQT

9 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

7290 marta

Markaziy Osiyo Media savodxonlik loyihasi (Central Asia Media Literacy Project) Markaziy Osiyoning 16-22 yoshli yoshlari uchun 3 oylik media savodxonlik va jurnalistika bo’yicha bepul onlayn dastur hisoblanadi. Ishtirokchilar ishonchli ma’lumotlarni saralash, dezinformatsiya, jurnalistika, inson huquqlari va ma’lumot almashishda etika qoidalari haqida batafsil ma’lumot oladilar. Bundan tashqari, o’z loyihalarini nashr etish va o’rganganlarini o’z mamlakatidagi jamoadoshlari bilan baham ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Bu yilgi dastur mashgʻulotlari 2026-yil 6-iyundan 13-sentabrgacha davom etadi. Mahgʻulotlar Zoom orqali olib boriladi. Barcha ishtirokchilar dasturni soxta maʼlumotlar va dezinformatsiya bo’yicha bilimlarini oshiradi, butun Markaziy Osiyodagi hamfikrlar hamjamiyatiga qo’shilib, kelajakdagi izlanishlari uchun yangi koʻnikmalarga ega boʻladi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Media sohasiga qiziquvchi 16-22 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning manfaatli jihatlari quyidagicha:

  • Dastur ishtirokchilari 3 oy davomida ushbu loyihada bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Ishtirokchilar savodxonlik, dezinformatsiya va boshqa mavzular haqida maʼlumot oladi, faktlarni tekshirish, jurnalist sifatida yozish va taqdimot koʻnikmalarini rivojlantiradi.
  • Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha ishtirokchilarga bitiruv sertifikati va soʻrov asosida tavsiyanomalar beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston yoki Turkmanistonning  16-22 yoshdagi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
  • Avgust oyida haftalik toʻrtta treningga, shuningdek, 2026-yil iyun oyidagi haftalik onlayn treninglar, shuningdek, iyul va avgust oylarida onlayn uchrashuvlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.
  • Dastur davomida internetga kirish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirok etish uchun nomzodlar O’zbekiston vaqti bilan 2026-yil 17-maygacha BU YERDA ariza topshirishi kerak. Ariza shaklini to’ldirishda sunʼiy intellekt, ChatGPT kabi vositalardan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi. 

Savollar yuzasidan murojaat (ingliz tilida): camedialiteracyproject@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!