×

Central Asia Youth Dialogue Forum: Qirgʻizistonda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 5 kunlik forum!


Grant

MUHLAT

26.08.2026

QOLGAN VAQT

15 kun

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

753 marta

Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) Markaziy Osiyoning turli hududlaridan boʻlgan yoshlarni “Yoshlarning jinoiy faoliyatga jalb etilishining oldini olish (Preventing Youth Engagement in Criminal Activities)” nomli mintaqaviy muloqot forumida ishtirok etishga taklif qiladi. Forum 2026-yil 5–9-oktabr kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida bo‘lib o‘tadi va unda 25 nafargacha yosh ishtirok etadi.

Forum davomida mintaqadagi dolzarb xavfsizlik muammolari muhokama qilinadi, interaktiv o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etiladi hamda yoshlar tashabbusi asosida jamiyatlarning jinoyatchilikka chidamliligini oshirishga qaratilgan yechimlar ishlab chiqiladi.

Forum mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tilida soʻzlasha oladigan 18-25 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish uchun saralab olingan ishtirokchilar quyidagi moddiy imtiyozlar birlan taʼminlanadi:

  • Roʻyxatdan oʻtish va qatnasish bepul.
  • Safar (borish-kelish) xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy, oziq-ovqat va oʻquv materiallari taʼminlanadi.

Shuningdek, ishtirokchilar Markaziy Osiyoda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish borasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, ekspertlar va hamfikr tengdoshlari bilan tanishish va ular bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 2026-yil 4-oktabr holatiga koʻra 18–25 yoshda bo‘lish
  • Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila olish (tarjima xizmati taqdim etilmaydi)
  • Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, jamoatchilik bilan hamkorlik, qonun ustuvorligi, moliyaviy halollik, ta’lim, ijtimoiy rivojlanish yoki shu kabi sohalarda tajribaga ega bo‘lish yoki ushbu yo‘nalishlarga kuchli qiziqishga ega boʻlish
  • O‘z jamiyatida faol bo‘lish va yoshlarning mintaqaviy hamkorligiga qiziqish bildirish
  • Tadbirning to‘liq davomida shaxsan ishtirok eta olish

 

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarza BU YERDA topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlondagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manzili orqali tashkilotchilarga murojaat qilishingiz mumkin: Ulukbek.Abdubaliev@osce.org