×

Central Asian Spelling Bee Contest – 2022: Amerika kengashlaridan ingliz tilidagi soʻzlarni harfma-harf talaffuz qilish tanlovi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2450 marta

Spelling Bee – ishtirokchilardan ularga ogʻzaki aytilgan inglizcha soʻzlarning harflarini birma-bir talaffuz qilishni talab etuvchi bellashuvdir.

Amerika kengashlari Markaziy Osiyo miqyosida oʻtkaziladigan 2022-yilgi Spelling Bee bellashuviga arizalar qabul qilinayotganini eʼlon qildi. Bu bellashuvda 18-25 yoshli bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.

Mazkur bellashuv quyidagi 3 bosqichda oʻtkaziladi:

  1. Hududiy bosqich. Bunda Spelling Bee bellashuvi Oʻzbekistondagi viloyatlarida oʻtkaziladi: 2022-yil sentabrda.
  2. Milliy bosqich (Toshkentda boʻlib oʻtadi). Bunda hududiy bosqich gʻoliblari ishtirok etadi: 2022-yil oktabrda.
  3. Mintaqaviy bosqich (Toshkentda boʻlib oʻtadi). Bunda Markaziy Osiyoda davlatlarida milliy bosqichda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar oʻzari kuch sinashadi: 2022-yil noyabrda.

Bellashuvda ishtirok etish bepul.

Grant kimlar uchun?

18-25 yoshli bakalavriat talabalari

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov imtiyozlari quyidagilardan iborat:

  • Hududiy bosqich gʻoliblari Milliy bosqichda ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.
  • Milliy bosqich gʻoliblari (Oʻzbekistondan 4 nafar) Mintaqaviy bosqichda ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.
  • Gʻoliblar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish kerak.
  • Bakalavriat bosqichida uzluksiz taʼlim (full-time) asosida tahsil olayotgan boʻlish lozim.
  • Avval AQSH yoki boshqa ingliz tilida gapiriladigan davlatda tahsil olganlar ham bu bellashuvda qatnasha oladi, lekin ular hozirda Oʻzbekistondagi OTM talabasi boʻlishi lozim.
  • 2022-yil 31-yanvar holatiga koʻra, 18-25 yosh orasida boʻlishi lozim (2022-yil 31-yanvarda 18 yoshga toʻlmagan yoki 26 ga kiradiganlar qatnasha olmaydi).
  • Mazkur bellashuvning Bishkek, Olmota va Dushanbeda oʻtkazilgan oldingi mavsumlarida Mintaqaviy bosqichda qatnashmagan boʻlish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Ariza topshirishning oxirgi sanasi belgilanmagan. Qiziquvchilarga imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi.

Ariza shaklida siz yashaydigan shahar koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻzingizga eng yaqin shaharni tanlaysiz.

Ariza topshirgandan keyin faqatgina tasdiq emailini olgan roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar bellashuvda qatnashishi mumkin boʻladi. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga bellashuv sanasi koʻrsatilgan alohida email yuboriladi.

Bellashuv bilan bogʻliq yangiliklarni Amerika kengashlarining Telegram kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!