×

Qirgʻiziston: talabalar uchun Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energiya boʻyicha ilmiy konferensiya; Oʻzbekistonlik 2 nafar talaba uchun toʻliq grant mavjud


Grant

MUHLAT

08.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1032 marta

C5+1 Youth Council loyihasi tomonidan talabalar uchun 2023-yil 17-iyun kuni Qirgʻizistonning Bishkek shahrida “Central Asian Student Scientific Conference on Renewable Energy: Empowering the Future” nomli konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Bu konferensiyada Markaziy Osiyo va Afgʻonistondan kelgan talabalar oʻrtasida qayta tiklanadigan energiyani targʻib qilishga bagʻishlangan ilmiy tadbir boʻlib, unda izlanuvchi tadqiqotchilar, innovatorlar va boʻlajak mutaxassislar oʻzlarining qayta tiklanadigan energiya sohasidagi ilmiy maqolalari va loyihalarini namoyish etish imkoniyatiga ega boʻladi. Dastur toʻliq ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Energiya sohasiga qiziquvchi talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Oʻzbekistondan 2 nafar ishitirokchining dastur bilan bogʻliq safar va turar joy xarajatlari qoplanadi. Saralash natijasida grant ajratilmagan ishtirokchilar safar va turar joy xarajatlarini oʻz yonidan toʻlagan holda bu konferensiyada qatnashishi mumkin (agar qabul qilinsa).

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda oʻqiyotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzod qayta tiklanadigan energiya sohasiga qiziqishi va ushbu mavzuda tadqiqot ishiga ega boʻlishi lozim.

Dastur butunlay ingliz tilida olib boriladi, shu sababdan ingliz tilini yetarli darajada bilishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2023-yil 7-iyun Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 ga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Konferensiya davomida ishtirokchilar mavzu doirasida tadqiqot ishlarini namoyish qilishlari kerak. Shu sabab ariza topshirishda tadqiqot ishi taqdim etilishi zarur.

Ushbu tadqiqot ishiga (ilmiy ish/maqola) qo’yilgan talablar:

  • Hajmi: kamida 3 sahifa 
  • Format: Microsoft Word, Times New Roman 12, 1,5 intervalli
  • Asosiy gʻoya: Barqarorlik, dolzarblik, muammoga yoʻnaltirilgan yondashuv va manbalarga mos havola.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!