×

Qirgʻiziston: Yuqori sinf oʻquvchilari va universitet talabalari uchun munozara turniri!


Grant

MUHLAT

11.12.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2220 marta

Qirgʻizistonda joylashgan C5+1 Yoshlar kengashi “Mazkasiy Osiyo yoshlar kubogi 2022” nomli munozara turnirini tashkillashtirmoqda.

Munozara mavzusi: Media savodxonligi.

Ushbu turnir 2022-yil 17-18-dekabr kunlari Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Turnir doirasida munozara ekspertlari va media sohasi mutaxassislari ishtirokchilarning munozara va media savodxonlik borasidagi bilim hamda koʻnikmalarini rivojlantirish uchun trening mashgʻulotlarini ham oʻtib beradi. Ishtirokchilar munozara, tahlil, tanqidiy fikrlash va omma oldida nutq soʻzlash koʻnikmalarini yaxshilash imkoniga ega boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari va universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar uchun Qirgʻizistonga borish-kelish va turar joy xarajatlarini qoplashni nazarda tutuvchi moliyaviy yordam mavjud. Lekin bu yordam miqdori cheklangan va turnirga qabul qilingan hamda bunday yordamga ehtiyoji borlarga ajratiladi.

Shuningdek, ishtirokchilar sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlar qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilar va universitet talabalari ariza topshirishi mumkin.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim (til sertifikati talab etilmaydi).
  • Munozara olib borishga qiziqish lozim.
  • Tanqidiy fikrlash va omma oldida nutq soʻzlash koʻnikmalarini yaxshilashga qiziqish kerak.
  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki Afgʻoniston fuqarosi boʻlishi kerak. Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston fuqarolari faqat hozirda Qirgʻizistonda boʻlib turgan boʻlsagina ushbu turnirga ariza topshira oladi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari esa Qirgʻizistonda boʻlsa ham, Oʻz davlatida boʻlsa ham ariza topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Turnir uchun arizalar onlayn shaklda Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 10-dekabr, soat 22:59 ga qadar qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish mumkin.

Qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali xabar qilinadi.

Savollaringiz boʻlsa, kengashning telegram guruhida soʻrashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!