×

Qozogʻiston: Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeli; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

24.09.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

2578 marta

Dushanbedagi OSCE dasturi Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeliga (Central Asian Youth Talks and Model OSCE) arizalar qabul qilmoqda. Mazkur tadbir 2022-yil 20-24-oktabr kunlari Qozogʻistonnning Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan jami 25 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Tadbir faol yoshlar uchun fikr almashish, yutuqlari va qarashlari bilan boʻlishish, ikki tomonlama oʻrganish va rivojlanishni ragʻbatlantirish platformasi sifatida xizmat qiladi.

Tadbir qatnashchilari Markaziy Osiyo mintaqasida yoshlarning hamkorligi, mintaqaning kelgusidagi rivoji boʻyicha yoshlar muloqoti va netvorking platformalarini kuchaytirishga oid masalalarni muhokama qiladi hamda yoshlarning rolini oshirishni targʻib qilish borasidagi tajribalarinini oʻrtoqlashadi.

Ishtirokchilar dastur doirasida OSCE modelida ham qatnashadi.

Tadbir mashgʻulotlari ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-25 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadbirga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi.
  • Qozogʻiztonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi. Lekin ishtirokchi oʻz davlatidagi Qozogʻistonga joʻnab ketiladigan shaharga borish uchun ketadigan xarajatni oʻzi qoplashi kerak (masalan, Qozogʻiztonga Toshkentdan joʻnab ketilsa, samarqandlik ishtirokchi Samarqand–Toshkent yoʻlkirasini oʻzi qoplaydi).

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan boʻlgan 18-25 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  • Oʻz jamiyatining faol va jamoatchilik ishlarida qatnashuvchi aʼzosi boʻlish hamda Markaziy Osiyo yoshlarining mintaqaviy hamkorligiga qiziqish kerak.
  • Ingliz va rus tillarida erkin muloqor qila olish kerak.
  • Turli darajalarda yoshlarning rolini targʻib qilishga oid tajribani boʻlishish ishtiyoqiga ega boʻlish kerak.
  • Butun tadbir davomida barcha mashgʻulotlarga qatnasha olish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 23-sentabr soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Ishtirok etish niyatidagilar POID-Election@osce.org elektron manziliga quyidagi hujjatlarni yuborishi lozim:

  • Toʻldirilgan ariza shakli.
  • CV.
  • Xorijga chiqish pasporti (qizil pasport) nusxasi.

Faqat qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlarga 2022-yil 9-oktabr kuni xabar qilinadi (qolganlarga natijalar haqida xabar qilinmaydi).

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin tadbir haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel.: +992985170145
Email: POID-Election@osce.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!